Joriy yilning may oyida yangi saylangan 9349 nafar mahalla raislari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstrasiyasi rahbarining 2022 yil 23 iyundagi topshirig‘iga asosan, joriy yilning may oyida yangi saylangan 9349 nafar mahalla raislari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Ushbu o‘quv-seminarlar respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilib, Xorazm viloyatiga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti birinchi prorektori Feruza Madraximova biriktirilgan. Hozirda viloyatda 526 nafar mahalla raislari uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda. O‘quv-seminar mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash va asosiysi aholining muammolarini mahallada hal etish vazifalari bo‘yicha o‘tkazilmoqda. O‘quv dastur har bir mahalla raisi uchun 36 soatga mo‘ljallangan. Dastur so‘ngida mahalla raislari 2022 yilga mo‘ljallangan rejalarini taqdimotini qilishadi.