Turkiya universitetlari bilan hamkorlik

2022-yil 29-iyul kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Xalqaro aloqalar bo’limi va Turkiyaning EGE universiteti vakillari bilan Tarix fakultetida uchrashuv bo’lib o’tdi. Muzokara davomida universitetlar o’rtasida talabalar almashinuvi, o’qituvchilar stajirovkasi, ikki diplom (double degree) masalasi, 3+1 va 2+2 qo’shma dasturlarni yo’lga qo’yish, bakalavr, magistratura va doktorantura yo’nalishida hamkorlik qilish masalalari ko’rib chiqildi. Tadbir davomida kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalarning bajarilishi bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.