Xalq ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev va universitet rektori Abdug'affor Qirg'izboyev boshchiligida yig'ilish o'tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Xalq ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev va universitet rektori Abdug'affor Qirg'izboyev boshchiligida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi "Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-290-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi hamda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Unga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga asosan, Kurbaniyazov Shaxzodbek Karimovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Transformatsiya ishlari bo'yicha prorektori lavozimiga tayinlandi. TDPU jamoasi yangidan faoliyat boshlagan prorektor Sh.Kurbaniyazovning ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.