“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun poytaxtimizdagi “Simpoziumlar saroyi”da “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, prorektorlar F.Madraximova, B.Abdullayeva, Xorijiy tillar fakulteti dekani va o‘qituvchilari, doktorantlar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.