Bidgosh Iqtisodiyot universiteti WSG (Polsha) bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Pedagogik kadrlar tayyorlaydigan universitetni tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida joriy yilning 9-avgust kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida Bidgosh Iqtisodiyot universiteti WSG (Polsha) bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi qabul qilindi, unda joriy yilning sentabr oyidan “Tashrif buyuruvchi professor” dasturi (rus va ingliz tilini biladigan o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlik), talabalar uchun Erasmus dasturi, “Inklyuzivlik”, “Talaba tadbirkorligi”, “Talabalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash” sohalarida salohiyatni oshirish loyihasi, WSGda oʻqituvchilar yoki birlashgan guruh (talabalar va oʻqituvchilar) uchun amaliyot oʻtashlari, “Akademik diplomatiya – fan – tadbirkorlik”, “Xalqaro integratsiya taʼlim sifatini oshirish yoʻllaridan biri sifatida” mavzularida qoʻshma konferentsiyalar va davra suhbatlari o’z ishini boshlaydi. Mart oyiga qadar aniq va tabiiy fanlar boʻyicha qoʻshma diplom dasturlari loyihalari taqdim etiladi. “Yo‘l xaritasi”ga jami 14 dan ortiq fan yo‘nalishi, universitetning o‘quv jarayonini takomillashtirish kiritilgan.