«УчимЗнаем» loyihasi bilan hamkorlikda seminar-trening bo'lib o'tdi

Joriy yilning 15-avgust kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, «Zamin» Fondi va Rossiyaning kasalxona maktabi «УчимЗнаем» loyihasi bilan hamkorlikda “Tibbiyot shifoxonasi sharoitida bolalarning farovon yashashi uchun shart-sharoitlar yaratish: Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markazi qoshidagi «Mehrli maktab» nomli kasalxona maktabi“ nomli seminar-trening bo’lib o’tdi. Seminarda bolalarning betob bo’lib uzoq muddat kasalxonada yotganda ularni qanday qilib hayotga qiziqtirish metodikalari qizg'in bahs va munozaralar bilan muhokama qilindi. Universitetimizda kasalxona maktabi yo’nalishini ochish haqida muzokaralar bo’lib o’tdi.