“Uchinchi renessans - ma’rifatli jamiyat sari” mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi

Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyatidan yurtdoshlarimizni xabardor qilish maqsadida Toshkent davlat pedagogika universitetida Respublika Ma'naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Uchinchi renessans - ma’rifatli jamiyat sari” mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Respublika Ma'naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat targ‘ibotchilar” jamiyati bosh mutaxassisi J.To‘ychiyev tomonidan yurtimizdagi yoshlar siyosatiga oid eng so‘nggi islohotlar, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati haqida so'z yuritilib, mamlakat taraqqiyoti har bir o‘sib kelayotga yosh avlodning bilimi-salohiyatiga chambarchas bog‘liq ekanligi, shu sababli ularga berilayotgan ta’lim sifati ham zamon talablariga mos bo‘lishi yana bir bor ta’kidlandi.