Yangi 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar olib borildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bo‘yicha yangi 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar olib borildi. Dastlab, ishchi guruh Tarix va Fizika-matematika fakultetlari, Professional ta’lim fakulteti hamda Magistratura bo‘limida, keyinchalik Xorijiy tillar fakultetlarida bo‘ldi. Asosiy e’tibor, fakultet binolari va o‘quv auditoriyalarida talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, fakultetlarning moddiy-texnik bazasi holati, 1-kursga qabul qilingan talabalarning guruhlarga tegishli tartibda taqsimot qilinganligi, yangi o‘quv yili uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlar (ishchi o‘quv rejalar, fan dastur (sillabus) lar, dars jadvallar, “4+2” tartibidagi amaliyot dasturlari) ning o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi, akadem guruh jurnallarining yuritilganligiga qaratildi.