Bo'lajak pedagoglarning kelajak sari ilk qadami

"Talabalik - oltin davrim" deya ta'riflanadi. Bejiz emaski, ushbu oltin davr mobaynida har bir yosh o'z bilim va ko'nikmalarini mukammal egallashadi hamda kelajak uchun o'zlariga poydevor yaratishadi. Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2022-2023 o'quv yili boshlanishiga bag'ishlangan "Mustaqillik - buyuk va bebaho ne'mat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirni universitet rektori A.Qirg'izboyev ochib berdi va talabalarni yangi o'quv yili bilan qutlagan holda ularga kelajakda zafarlar yor bo'lishini tiladi. Undan so'ng O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari K.Karimov hozirda pedagogika sohasidagi o'zgarishlarni ta'kidlab, talabalarni bayram bilan qutladi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti siz aziz talabalarni yangi o'quv yili muborakbod etadi !