Talabalar turar joyi yetmayotgan yoshlarimiz uchun yangilik!

Bugun Yangihayot tumanidagi “Tashkent Index” savdo majmuasiga bordik. Bu yerda bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli bino talabalar uchun turar joyga aylantirilishi rejalashtirilgan. Bizning Toshkent davlat pedagogika universiteti uchun bu juda quvonarli yangilik. Sababi bu yil universitet talabalari soni 25 mingdan ortishi kutilmoqda. Ularning 15 mingdan ortig‘i kunduzgi talabalr. Bizda hozirda bor yo‘g‘i 1840 o‘rinli (2 yarusli krovat) TTJlar mavjud. Talabalarga joy yetishmasligi, ularga ijara joy izlash bizning kundalik muammomizga aylangan. Bugun Vazir A.Toshqulov va hokim J.Ortiqxo‘jayev boshchiligida Toshkent shahridagi barcha OTMlari rahbarlari bilan ushbu majmua binolari, xonalari, maydonlarini ko‘rdik. Sharoitlar zo‘r, talabalar uchun ajoyib yashash joylari. Asosiysi metro yaqin ekan. Ushbu majmuaning talabalar turar joyiga aylantirilishi joyga muxtoj talabalar uchun ayni paytda qilingan eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Tashabbuskorlarga talabalarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.