"Siz e'tibor va e'zozdasiz aziz ustozlar!" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti tomonidan joriy yilning 28-sentabr kuni Muqumiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatrida "Siz e'tibor va e'zozdasiz aziz ustozlar!" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir Universitet rektorining ustozlarga bayram tabrigi bilan boshlandi. Maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari tomonidan kichik konsert dasturi hamda teatr jamoasi tomonidan «Aqldan ozish xech gap emas» spektakli namoyish etildi. Qadrli ustozlar, kelayotgan bayram barchangizga muborak bo'lsin!