"Eng yaxshi talaba" tanlovi bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida nogironligi bo'lgan talabalar o'rtasida "Eng yaxshi talaba" tanlovi bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan, (1-va 2-guruh) nogironligi bo‘lgan talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda 1,2-3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar tegishli ravishda 

1-o‘rin sohibi BHM 10 barobari miqdorida;

2-o‘rin sohibi BHM 8  barobari miqdorida;

3-o‘rin sohibi BHM 6 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.