Universitetimiz yoshlar yetakchilari Respublika Yoshlar ishlari agentligi raisi Alisher Sadullayev bilan birga.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish toʻgʻrisidagi"gi qarorga muvofiq, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Wiki-stipendiya" marafoni oʻtkazildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi raisi Alisher Sadullayev ishtirok etdi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar yetakchisi Abdurahmon Darobov va talabalari Yoshlar ijod saroyida boʻlib oʻtgan "Wiki-anjuman" tadbirida faol ishtirok etishdi. Yoshlar o'z fikr va takliflarini berishdi.