BUYUK BRITАNIYADАGI UNIVERSITET BILАN HАMKORLIK АLOQАLАRI O‘RNАTILDI

Xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega va TOP-1000 talik reytingga kirgan Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti rahbariyati Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi. Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik – talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy yo‘nalishdagi yosh olimlar hamkorligini kuchaytirish, yosh mutaxassislar malakasini oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda tajriba almashish, ilmiy-amaliy konferentsiya va seminarlar o‘tkazish hamda 3+1 va 2+2 tizimi bo‘yicha qo‘shma dastur ochish masalalari bo‘yicha muzokara olib borildi. Portsmut universiteti rahbariyati oliygohda amalga oshiriliyotgan islohotlarni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi. Uchrashuv natijasida ikki oliy taʼlim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlariga tamal toshi qo‘yildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.