Ijarada turgan talabaning ijara to'lovining bir qismi qoplab berilishi haqida xabardormisiz?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qaroriga asosan, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha) Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangan. (http://lex.uz/docs/-5657191) Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi bilan yuqoridagi INFOGRAFIKA orqali tanishishingiz mumkin. **Joriy yilning noyabr oyi uchun ariza qabul qilish boshlanganini maʼlum qilamiz.