
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida "Yil talabasi - 2022" tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda fakultet bosqichlarida ishtirok etib, gʻolib boʻlgan 70 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdilar. Ishtirokchi talabalar tanlovda qatnashayotgan nominatsiyalari boʻyicha hujjat va taqdimotlarini namoyish etdilar.
Natijalar joriy yilning 26-oktabr kuni e'lon qilinadi.