Avaz Mansurov tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida Nizomiy nomidagi TDPU Musiqa madaniyati fakulteti hamda Toshkent shahar Uchtepa tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi bilan hamkorlikda taniqli kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, professor Avaz Mansurov tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Musiqa nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, PhD N.Rejametova boshchiligida musiqa rahbarlari, talabalar va bolajonlar ishtirokida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda A.Mansurovning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi, bolajonlar tomonidan kompozitor yozgan asarlaridan namunalar ijro etildi.