#Yashil_makon loyihasi doirasida talaba yoshlar tomonidan daraxtlar ekildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Harbiy ta'lim fakultetida #yashil_makon loyihasi doirasida universitet prorektorlari F.Madraximova va B.Sobirov, fakultet dekani A.Uzoqov va talaba yoshlar tomonidan daraxtlar ekildi.

Quyoshli ochiq havoda Harbiy ta'lim fakulteti hududiga 150 tup mevali va 130 tup archa daraxtlari ekildi. Talabalar tomonidan bog' yaratildi. #Yashil_makon doirasida universitet tomonidan muntazam ravishda turli o'simlik, ko'chatlar ekib kelinmoqda. Xususan, mazkur fakultetda issiqxona tashkil etilib, unda limon mevasi yetishtirib kelinmoqda.