"Axmed Baytursunov: til va adabiyot masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

Yaqinda Samarqandda tashkil etilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida unga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan barcha sohalarda o‘zaro hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash belgilangan edi. Bugungi kunda Turkiy xalqlar ziyolilarining ijodlarini yangi davr nuqtai nazaridan qayta o‘rganish va kelajak avlodlar ongiga singdirish dolzarb vazifadir.

Shunga muvofiq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tillar fakulteti "Qozoq tili va adabiyoti" kafedrasi tomonidan "Axmed Baytursunov: til va adabiyot masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanga Turkiya va Qozog‘iston Respublikasidan ko‘plab olimlar tashrif buyurdilar. Ular tomonidan davlat va jamoat arbobi, turkolog olim, qozoq tilshunosligi ilmining asoschisi, adabiyotshunos, shoir, publisist, tarjimon Axmet Baytursunov asarlarining ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tildi. Albatta ushbu xalqaro anjumanning tashkil etilishi  yosh tadqiqotchilar va talabalarning ilmiy, adabiy, ma’rifiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.