Rektor va prorektor talabalar bilan uchrashdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug'affor Qirg'izboyev va universitetning birinchi prorektori Feruza Madraximova Fizika-matematika, Tarix va Professional ta'lim fakultetlarining barcha o'quv auditoriyalariga kirib, talabalar bilan muloqot qildilar.

Muloqot jarayonida universitet rektori talabalarning fikr va takliflarini tingladi. Ular uchun barcha shart sharoit va imkoniyatlarni yaratishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.