Amaliy rus tili fanidan mustaqil ta’lim mavzulari buyicha adabiy-badiiy kecha uyushtirildi

2022-yil 1-dekabr kuni Tillar fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi dosenti v.b. Sh.Kurbanova rahbarligida, Umumiy tilshunoslik kafedrasi dosenti S.Adilova, katta o‘qituvchilar D.Kurbanova, A.Zabolotina, N.Xamidova, o‘qituvchi N.Abdullayeva, N.Jo‘rayevalar ishtirokida Tarix fakulteti 1-bosqich “Milliy g‘oya” yo‘nalishi talabalari tomonidan Amaliy rus tili fanidan mustaqil ta’lim mavzulari buyicha adabiy-badiiy kecha uyushtirildi. 

Kechada talabalar tomonidan rus mumtoz adabiyoti she’riyatidan namunalar, mashhur kinofilmlar kadrlaridan sahna ko‘rinishlari, rus xalqi qo‘shiq va raqslari namoyish qilinib, barcha kelgan talaba, mehmon o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.