Amerikalik tadqiqotchi ishtirokida davra suhbati uyushtirildi

2022-yil 1-dekabrda Tillar fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi dosenti S.Adilova tomonidan AQSHdagi Michigan (En Arbor) universiteti tarix yo‘nalishi doktoranti, Arizona shtati universitetidagi til kurslari talabasi, Amerika Konsulligi grantining sohibi Albert Kavalaro ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda TDPUning Tarix va Fizika‐matematika fakultetlari talabalari, Umumiy tilshunoslik kafedrasi dosenti v.b. Sh.Qurbonova, katta o‘qituvchi D.Qurbonova, boshqa professor‐o‘qituvchilar qatnashdilar. Davra suhbati davomida A.Kavalaro talabalarning ko‘plab savollariga o‘zbek tilida javob berdi, tillarni o‘rganish tajribasi bilan, o‘zbek tili va madaniyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ayniqsa, uning o‘z ilmiy tadqiqoti mavzusi, ya’ni Toshkent muzeylari tarixi bo‘yicha bergan ma’lumotlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.