
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O'zbekiston qahramonlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston qahramoni, senator, "Nuroniy" jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev va O'zbekiston qahramoni, "Do'stlik", "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibi Ibrohim Gofurov hamda O'zbekiston qahramoni, senator, akademik Shavkat Ayupovlar ishtirok etdi. Shuningdek, xalqimiz sevgan shoira Zulfiya Mo'minova ham talabalar uchun o'zining she'rlaridan o'qib berdilar.
Tadbirni universitet rektori Abdug'affor Qirg'izboyev olib bordi. Tadbir davomida mehmonlar talabalarga o'z hayot va faoliyat yo'llari haqida aytib berdilar. Uchrashuv har bir ishtorokchi uchun keng ma'no va mazmunga boy bo'ldi. Tadbir so'ngida talaba yoshlar o'zlari qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.