"Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida fakultetlar kesimida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo'yicha o'tkaziladigan umumxalq referendumi doirasida "Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda.

Xususan, universitetning Fizika-matematika fakulteti jamoasi uchun Tarix fakulteti Maʼnaviyat asoslari va huquqiy taʼlim kafedrasi mudiri Xushnud Jumaniyozov tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun va mohiyati bo'yicha tushunchalar berildi.