
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidagi yangi qurilayotgan Talabalar turar joyidagi qurilish ishlari jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif buyurdi.
Yangi qurilayotgan TTJ obyekti universitetning Professional ta'lim fakulteti hududi qad ko'tarmoqda. Tashrif davomida qurilish ishlari qay tartibda ketayotganligi hamda uning zamonaviy standartlarga mosligi, shu bilan bir qatorda qurilishda kuzatilayotgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish choralari hamda eng zamonaviy talabalar turar joyi har tomonlama zamon talabiga mos bo'lishi haqida ta'kidlandi.
Vazir 4 ta oliy taʼlim muassasasida barpo etilayotgan talabalar yotoqxona binolarining qurilish ishlari bilan tanishdi.
6-iyun kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent Moliya instituti tomonidan talabalar turar joylarini barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda talabalarni turar joy bilan taʼminlash boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ming oʻrinli yotoqxonalarni barpo etish va talabalarni turar joy bilan taʼminlash darajasini 60 foizdan oshirish belgilangan.