Qahramonlarimizni universitet rektori kutib oldi

Kecha xabar berganimizdek, respublikamizning barcha OTMlari o'rtasida bosqichma-bosqich o'tkazilgan “Ma’rifat maydoni” tanlovining Respublika final bosqichida TDPUning "Avloniy izdoshlari" jamoasi faxrli 2-o'rinni egallab, 25.000.000 so'm miqdorida pul mukofotiga ega bo'lgan edilar.

Tanlov Samarqand shahrida tashkil etilgan bo'lib, bugun g'olib talabalarimiz Toshkent shahriga universitetimizga yetib keldilar. Ular TDPU rektori Abdug'affor Qirg'izboyev va talaba yoshlar tomonidan kutib olindi.