Kafedra: Maktabgacha ta’lim
О‘quv yili: 2012 - 2014
Magistratura talabasi: Agzamova Dilshoda
Ilmiy rahbar: p.f.d. Babayeva D.R.
Mutaxasisligi: Maktabgacha ta’lim
“Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy an’analar, umuinsoniy qadriyatlar va oila faoliyatini birlashtirish hamda integratsiyalashni ta’minlovchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning metodik shart-sharoitlarini aniqlash va amaliyotga tatbiq etish.
Tadqiqot vazifalari:
1. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni milliy an’analar va umuinsoniy qadriyatlarga jalb etish, bolani ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish mazmunini yoritib berish.
2. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda shakllantirishi lozim bо‘lgan ma’naviy-axloqiy sifatlar tizimini aniqlashtirish.
3. Oilaning bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllan-tirishdagi tarbiyaviy ish yо‘nalishlari hamda ota-onalarning ma’naviy-estetik sifatlarni shakllantirishga tayyorligining metodik о‘ziga xosliklarini aniqlash.
4. Oilada maktabgacha kata yoshdagi bolalarning ma’naviy-estetik sifatlarini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan metodik shart-sharoitlarning pedagogik samaradorligini baholash hamda mazkur jarayonni jadallashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti: oilada 5-6 yoshli bolalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Tadqiqotning kutilayotgan ilmiy yangiligi:
1. Milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar asosida oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik о‘ziga xosliklari aniqlanadi.
2. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda shakllantirilishi lozim bо‘lgan ma’naviy-axloqiy sifatlar tizimi ishlab chiqiladi.
3. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish shakl, metod va vositalari ishlab chiqiladi.
4. Ota-onalarning maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishga tayyorlik mezonlari va darajasi aniqlanib, mazkur jarayon samaradorligini oshirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning tajriba-sinov bazasi sifatida Toshkent shahrining Shofayz, Kо‘kcha, Darxon mahallalaridagi oilalar tanlandi.