10 – TTJda davra suhbati bo`lib o`tdi

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 10 – TTJda 2015 yil 2-mart kuni “Ruhiy salomatlik va dori vositalaridan zaharlanishning oldini olish” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati hisoboti

Fakultetning ma’naviy-axloqiy ishlar bo‘yicha dekan muovini G.Jo‘rayeva, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi H.Aliqulova va “Ibn Sino – salomatlik maskani” ilmiy markaz rahbari S.Yo‘ldosheva bilan hamkorlikda 10-talabalar turar joyida “Ruhiy salomatlik va dori vositalaridan zaharlanishning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida markaz rahbari Sanobar Yo‘ldosheva, shifokor U.Murodovalar talaba-qizlarning salomatliklari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish hamda oldini olish yuzasidan axborotlar berishdi. Mutaxassislar tomonidan ruhiy salomatlik hamda o‘zini idora qilishning tibbiy talablari izohlandi. Talaba-qizlar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishishdi. Mutaxassislar berilgan savollarga atroflicha javob berishdi. Davra suhbati mazmunli va talaba-qizlarning salomatliklarini himoya qilishga yordam beradigan ma’lumotlarga boy bo‘ldi.