Kafedra :“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”О‘quv yili: 2012 -2013
Magistrant: Muxammadiyeva Xadicha
Ilmiy rahbar : p.f.d.prof Abdullayeva B.S.
Mutaxassisligi: 5A111701 Boshlang‘ich talim
“Boshlang‘ich sinf matematika darslarida О‘rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanish metodikasi” nomli
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi:
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni bо‘lib о‘tgan qо‘shma majlisidagi “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz” hamda Vazirlar mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bо‘lib о‘tgan majlisidagi “Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirish” mavzularidagi ma’ruzalari mazmun-mohiyati va undagi xulosalarni о‘rganish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 2010 yil 23 fevraldagi 101-F –sonli farmoyishi bilan bilan tasdiqlangan tashkiliy tadbirlarni amaliyotga joriy etish jamiyatimizdagi kun tartibidagi bosh masalalardan biridir.
Prezidentimiz о‘z ma’ruzasida “ ... mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimiz” degan fikr mulohazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchlari ta’lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.
Prezident Islom Karimov о‘zining "О‘zbekiston buyuk kelajak sari" asarida tariximizni tiklashga alohida e’tibor berish kerak. Shu bilan birga, milliy о‘z-о‘zini anglashning tiklanishi jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan, bizning kо‘p millatli jamiyatimiz an’analaridan ham ajralib qolishi mumkin emasligini alohida ta’kidlaydi.
-ishning maqsadi; umumiy о‘rta ta’lim maktablari b oshlang‘ich sinf matematika darslarida О‘rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanish metodikasini ishlab chiqish .
-ishning vazifalari;
1. О‘rta Osiyolik olimlar ijodi va matematika tarixini о‘rganish.
2. b oshlang‘ich sinf matematika darslarida О‘rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanish metodikasini ishlab chiqish, dars ishlanmalar tuzish.
-tadqiqot ob’yekti; umumiy о‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarda о‘qitish jarayoni.
-tadqiqot predmeti; b oshlang‘ich sinf matematika darslarida О‘rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanishn i uslubiy asoslari.
Mavzuning о‘rganilganlik darajasi: D.Mengliyevaning magistrlik dissertatsiyasida boshlang‘ich sinf matematika darslarida arifmetik amallarni pedagogik texnologiyalar asosida о‘qitish metodikasi bayon etilgan, M.E.Xusanovaning magistrlik dissertatsiyasida boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalaridan foydalanish metodikasi, ya’ni pedagogik texnologiya haqida tushuncha, uning xususiyatlari, interfaol metod, ularning turlari va boshlang‘ich sinflarda ba’zi bir darslarni interfaol metod asosida о‘qitish metodikasi bayon etilgan, Z.Xoliqovaning magistrlik dissertatsiyasida matematika tarixidan foydalanish usullari bayon etilgan. Yuqori sinf matematika tarixiga doir masalalar bilan S.Axmedov, M.Depman, G.M.Gleyzer, G.M.Matvivevskaya, A.Axmedov, U.Tillashevlar va boshqalar shug‘ullanishgan.