5A 110902 – Pedagogika psixologiya magistratura mutaxassisligi

E`tibor qarating!


Ushbu sahifada keltirilgan ma`lumot 2018-2019 o`quv yili qabuliga oid.
Joriy o`quv yiliga oid ma`lumotlar bilan Qabul 2019 sahifasidagi tegishli sahifada tanishishingiz mumkin.


2015-2016 О‘QUV YILI MAGISTRATURAGA KIRUVCHILARNING ILMIY VA ILMIY-PEDAGOGIK ISHLARGA QOBILIYATI VA QIZIQISHINI ANIQLASH DASTURI

Dasturning maqsadi vavazifalari

a)  Nazariy tushuncha. Mazkur dastur  5A110902 – «Pedagogika psixologiya» mutaxassisligi bо‘yicha magistraturaga kiruvchilarning psixologiya fani nazariy asoslari haqidagi, psixodiagnostik faoliyatlarni, psixologik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bо‘yicha layoqatlarini aniqlashga mо‘ljallangan. b) Dasturning maqsadi magistraturaga kiruvchilarning bakalavriatura bosqichida pedagogika va psixologiyaning ilmiy-metodik muammolarini tadqiq qilishda zarur bо‘ladigan pedagogik psixologik bilimlarni, psixologiya tamoyillari, metodlarini о‘zlashtirganligini aniqlash. Shuningdek, magistraturaga kiruvchilarning psixologik jarayonlar, holatlar va xususiyatlar haqidagi  bilimlar,  psixodiagnostik metodlar va metodikalar,  har bir yosh davrining individual psixologik xususiyatlarini bilishi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uslublari va tamoyillarini о‘zlashtirganlik va amalda qо‘llay olish malakalari darajasini aniqlash. v) Dasturning vazifalari:magistraturaga kiruvchilarning -            Pedagogik psixologiya fani   bо‘yicha ilmiy va uslubiy adabiyotlar bilan tanishganligi darajasini; -            Pedagogika va psixologiyaning ilmiy yо‘nalishlarini bilish darajasini; -            tadqiqot jarayonida fanlarning aniq vazifasini anglay olish darajasini; -            pedagogik psixologiya fani va tadqiqotlar sohasining ilmiy yо‘nalishlari,  tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada  va ilmiy tahlil masalalarini о‘zlashtira olganliklarini; -            ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish malakalarining mavjudligini kо‘rsatib berish; -            ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini kо‘rsatib berish.
  1. I.       Dasturning asosiy mazmuni.
Mazkur dasturning asosiy mazmuni pedagogika-psixologiya mutaxassisligi bо‘yicha magistraturaga qabul jarayonida о‘tkaziladigan mutaxassislik bо‘yicha suhbat jarayonida magistraturaga kiruvchilarning bakalavr ta’lim bosqichida olgan bilimlariga hamda fanlar bо‘yicha mustaqil ta’limga tayyorgarlik jarayonlarida, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishi bajarish jarayonida shakllantirilgan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, psixologik tahlil va psixologik taqqoslash orqali dalil va manbalarning ilmiy tadqiqot jarayonlariga jalb etish, ilmiy tadqiqot ishlari va manbaviy hujjatlar bilan ishlash kо‘nikmalarining shakllantirilganligi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqidagi umumiy tushunchalari, ilmiy mushohada qila olish va yangi g‘oyalar shakllantira olish qobiliyati, ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish mazmuni bilan tanishganligi, tadqiqot natijalarini tahlil qila olish qobiliyatining mavjudligi, fanning ilmiy va ta’limiy xususiyatlarini о‘zlashtirish jarayonida о‘zlashtirgan bilimlari va malakalarini aniqlashga yо‘naltirilgan masalalarni qamrab olgan.

1. Pedagogika va psixologiyaning ilmiy yо‘nalishlari

Pedagogik psixologiya fani haqida tushuncha. Fanning rivojlanish bosqichlari. Pedagogik psixologiya fanining umumiy tasnifi.Pedagogik psixologiya fanida fanlararo yondashishdan foydalanish. Tadqiqot predmeti. Tadqiqot masalalarining qamrovi va xususiyatlari. Pedagogik psixologiyaning boshqa fanlar bilan о‘zaro munosabatlari-ijtimoiy va gumanitar fan davriy jarayoni. Psixologiya va jamiyatshunoslik. Psixologiya va pedagogika.  Psixologiya va falsafa.  Tabiiy fanlar va psixologiya. Psixologiya fanining tarmoqlari. Rivojlanish bо‘yicha psixologiya  tarmoqlari. Bolalar, boshlang‘ich sinf о‘quvchilari, о‘smirlar, ilk  о‘spirinlar,talabalar, kattalar, qariyalar psixologiyasi. Faoliyat turlari bо‘yicha psixologiya  tarmoqlari. Pedagogik psixologiya. Tibbiyot psixologiyasi. San’at psixologiyasi va b. Shaxsning jamiyatga bо‘lgan munosabati bо‘yicha psixologiya tarmoqlari. Ijtimoiy psixologiyа. Pedagogik psixologiyaning tarmoqlari: Ta’lim psixologiyasi. Tarbiya psixologiyasi. О‘qituvchi psixologiyasi. Pedagogika nazariyasi va tarixi. О‘qitishning interfaol usullari.

2. Tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g‘oyalarni shakllantirish

Pedagogik psixologiya tadqiqotlar metodlarining turlari. Psixologiyani о‘rganish tamoyillari hamda ularning xususiyatlari. Jahon psixologiya fanidagi ilmiy maktablar va nazariyalar. Psixologik tadqiqotlar jarayonida ilmiy  xulosalarni chiqarish. Psixologik tahlil ma’lumotlarni jamlash va klassifikatsiyalash, ularni davrlashtirish, qiyosiy va ilmiy tahliliy taqqoslash, solishtirish olingan xulosalarni  ilmiy ravishda bayon eta olish, psixologiyani о‘rganishga obyektivlik hamda ilmiylik nuqtai-nazaridan yondashib milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarini chuqur anglagan holda xulosalash. Psixologik voqelikni tahlil qilish va diagnostik va korreksion  bilimlarning  mavjudligi. Tadqiqot olib borishda material yig‘ish, tahlil qilish, bir tizimga keltirish. Tadqiqot jarayonida ilmiy farazlarni belgilash, tadqiqot natijalarini aniqlash, ilmiy xulosalarini asoslab bera olish, ilmiy tavsiyalarni ilgari sura olish layoqatining mavjudligi, psixologik tahlil jarayonida yangi ilmiy qarashlar va yangi g‘oyalarni shakllantira olish.

3. Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish

Pedagogik psixologiyani bilishning о‘ziga xosligi va tamoyillari. Psixologik tadqiqotlarda manbalar bilan ishlash. Pedagogik psixologik eksperiment va uning interpritatsiyasi. Psixologik tadqiqot metodlari. Psixologik tadqiqotlarida maxsus psixologik metodikalar.Psixologiyadagi matematik uslublar. Psixologiya fani ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish tamoyillari, bosqichlari va vazifalari tadqiqotlarning ilmiy metodologik jihatlari. Pedagogik psixologiyani о‘rganishda asos bо‘luvchi manbalar haqida tushuncha. Psixologik manbalar bilan ishlash. Tadqiqotlarni samarali olib borish muammolari, ilmiy ishlarni yozish usullari.Tadqiqot mavzusini tanlash, mavzuning о‘rganilishi darajasini aniqlash, ish rejasini tuzish. Topilgan dalillarni tanlash va reja bо‘yicha joylashtirish. Boblarni tuzish va joylashtirish usullari. Asosiy qismning yozilishi. Kirish va xulosa qismlarining yozilishi. Pedagogik psixologiya fani tadqiqotlarida ilmiy asosnoma apparatining о‘rni va ahamiyati. Sitata, izoh, ilova va qaydlarni tо‘g‘ri tashkil etish usullari. Foydalanilgan adabiyotlarni matnga qayd etish tartiblari. Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar rо‘yxatining tuzilishi. Ishning betlarini raqamlash va mundarijasini tо‘g‘ri tashkil etish.

4. Ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligi

Psixologiya  va pedagogika о‘qitish metodikasining ilmiy tadqiqot metodlari va ilmiy tadqiqot bosqichlari, ilmiy tadqiqot о‘tkazish shakllari, ilmiy-metodik tadqiqotlarga qо‘yiladigan zamonaviy talablar. Sharq va G‘arb olimlarining  о‘qitishga oid qarashlari. О‘quv jarayonining axborot ta’minoti va о‘qitishning zamonaviy talablari. Zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari. Psixologiya va pedagogika fanlarini о‘qitish bо‘yicha qо‘llanadigan ilmiy bilish metodlarining  ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlashdagi о‘rni. О‘quv mashg‘ulotlari turlari va ularning о‘quv jarayoniga tatbiq etilishi. Psixologiya va pedagogika fanini о‘qitishda о‘qituvchining ilmiy-metodik, ijodiy yondoshuvi va mahorati. Psixologiya о‘qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar bо‘yicha axborotlar oqimi va ularning tanlanishi. О‘quv jarayonini loyihalashtirish, ilmiy-metodik tadqiqotlarda izlanish, qidirish ishlarining tashkil etilishi, ilmiy-metodik tadqiqotlar va о‘quv jarayonida ilmiy bilish metodlarining joriy etilishi. Mavjud bilim va kо‘nikmalar asosida ilmiy tadqiqot ishlarini metodik jihatdan tashkil etish masalalari. Pedagogik mahorat. Ta’lim tizimida tarbiyaviy ishlarni  tashkil etish metodikasi. 5. Tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka tushuntira olish qobiliyati ilmiy nashrlarda e’lon qilgan ishlarning, jumladan, metodik qо‘llanmalar va ishlanmalarning mavjudligi, xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy maqolalarning mavjudligi, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalardagi ishtiroki va ilmiy ishlarining e’lon qilinganligi kabilar  bilan aniqlanadi.

MAGISTRATURAGA KIRUVCHILARNING ILMIY VA ILMIY-PEDAGOGIK ISHLARGA QOBILIYATI VA QIZIQISHINI ANIQLASH DASTURI BО‘YICHA BILIM DARAJASINI ANIQLASHNING BAHOLASH MEZONLARI:

 

  1. I.         Nazariy bilimlar darajasi quyidagi mezonlar asosida belgilanadi (dasturning 1-4-bandlari bо‘yicha):
 
  1. 1.        8,6-10 ballga о‘zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar –
  • tadqiqot jarayonida qо‘yilgan muammolar yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish;
  • fanning metodologik asoslari, fanning predmeti, tadqiqot obyekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida ijodiy fikrlay olishi;
  • fanning tadqiqot uslublari, falsafiy yondashuvlar, tadqiqot uslublarining jihatlari va ularni tadqiqotlar jarayonlarida qо‘llash borasida mustaqil mushohada yurita olishi;
  • mavjud bilimlarini ilmiy tadqiqot jarayonlarida amaliy jihatdan qо‘llay olish malakasiga ega bol`ishi;
  • fanning masalalari yuzasidan о‘z fikrlari va qarashlari, mushohadalari, xulosalarining mohiyatini tushuna olishi;
  • о‘zlashtirgan bilimlarini atroflicha tushunish va bilish, mavjud bilimlariga asosan о‘z fikrlarini aytib berish va tushuntirib bera olishi;
  • mavjud bilimlari asosida fanining metodologik asoslari haqida tо‘liq tasavvurga ega bо‘lishi:
  • fan bо‘yicha tо‘laqonli ilmiy tadqiqot malakasining mavjudligi;
  • zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida tо‘liq tushunchaga ega bo`lishi talab qilinadi.
  1. 2.  7,1-8,5 ballga о‘zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar –
  • tadqiqot jarayonida qо‘yilgan muammolar yuzasidan xulosa qila olishi;
  • fanning metodologik asoslari, tarix fanining predmeti, tadqiqot ob’yekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida tushunchaga ega bo`lishi;
  • fanning tadqiqot metodlari va falsafiy yondashuvlarning turli jihatlarni aniq misollarda asoslay olishi;
  • mavjud bilimlarini ilmiy tadqiqot jarayonlarida amaliy jihatdan qо‘llay olishi;
  • mavjud bilimlari asosida fanning taraqqiy etish istiqbollari haqida tо‘liq tasavvurga ega bо‘lishi;
  • fan bо‘yicha ilmiy tadqiqotchilik ko`nikmalarining shakllanganligi;
  • zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida qisman tushunchaga ega bo`lishi talab qilinadi.
  1. 3.       5,5-7,0 ballga о‘zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar tayyorgarligi
  • qо‘yilgan muammolar yuzasidan o`zaro tizimli bo`lmagan xulosalar qabul qilish;
  • fanning predmeti, tadqiqot ob’yekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida fikrlay olish;
  • fanning tadqiqot uslublari, falsafiy yondashuvlar, tadqiqot uslublarining jihatlari va ularni tadqiqotlar jarayonlarida qо‘llash borasida tushunchaga ega bo`lish;
  • fanning masalalari yuzasidan о‘z fikrlari va qarashlari, mushohadalari, xulosalarining mohiyatini yetarlicha bayon eta olmaslik darajasida bo`lganida beriladi;
  1. 4.       Dastur talablariga javob beradigan darajada tayyorgarlikka ega bо‘lmagan, fan sohasiga oid bilimlari izchil tizimlashmagan va talablarning ayrim qismlarini nisbatan о‘zlashtirgan magistraturaga kiruvchilar 0 – 5,4 ball oralig‘ida baholanishi mumkin;
 
  1. II.     Ilmiy faoliyat va ularning natijalari quyidagi mezonlar asosida belgilanadi (dasturning 5-bandi bо‘yicha):

Ilmiy va uslubiy ish mazmuni

Belgilangan ball - 10 ball

Jami maxsimal ball

Izoh

1

Metodik qо‘llanmalar

2 ballgacha

1 taga 1 ball,

2 va undan ortig`iga 2 ball

2

Xalqaro ilmiy jurnallardagi ilmiy maqolalar

2 ballgacha

1 taga 1 ball,

2 va undan ortig`iga 2 ball

3

Xalqaro konferensiyalar va ilmiy tо‘plamlardagi maqolalar

2 ballgacha

1 taga 1 ball,

2 va undan ortig`iga 2 ball

4

OAK rо‘yxatidagi jurnallardagi ilmiy maqolalar

2 ballgacha

1 taga 1 ball,

2 va undan ortig`iga 2 ball

5

Respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar tezislari va ilmiy tо‘plamlardagi maqolalar

2 ballgacha

3 tagacha – 1 ball;

4 ta va undan ortig`iga - 2 ball

 

DASTURNING USLUBIY-MEYORIY ASOSLARI

  1. 5140600 - Psixologiya ta’lim yо‘nalishi Davlat ta’lim standarti. О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2008-yil 24-iyun 191-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. О‘z.DSt 1231 2009. O’ZSTANDART AGENTLIGI tomonidan 2009-yil 26-noyabrda 1695-raqam bilan Davlat rо‘yxatiga olingan.
  2.  Umumiy psixologiya fani dasturi. О‘zR Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Rо‘yxat raqami: BD-5140800-3.08. 2008-yil 23-avgust.
  3. Yosh va pedagogik psixologiya fani dasturi. О‘zR Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Rо‘yxat raqami: №VD 5140800-3.07.2008-yil 23-avgust.
  4. Ijtimoiy psixologiya fani dasturi. О‘zR Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Rо‘yxat raqami: №BD 5140800-3.08.2008-yil 23-avgust.
  5.  Psixodiagnostika va ekspermental psixologiya fani dasturi. О‘zR Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug‘ibilan tasdiqlangan. Rо‘yxat raqami: №VD 5140800-3.09. 2008-yil 23-avgust.
  6.   Pedagogika nazariyasi  fani dasturi. О‘zR Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug‘ibilan tasdiqlangan. Rо‘yxat raqami: №VD 5140800-3.01.2008-yil 23-avgust.
  7. 7.         Psixologiya fanlarini о‘qitish metodikasi fani dasturi. О‘zR Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug‘ibilan tasdiqlangan. Rо‘yxat raqami: №VD 5140800-3.12.2008-yil 23-avgust.
  8. 8.         Pedagogik texnologiya fan dasturi. О‘zR Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug‘ibilan tasdiqlangan. Rо‘yxat raqami: №VD 51410800-3.05.2008-yil 23-avgust.

Dastur Pedagogika va Psixologiya» fakultetining 2015 yil 24 aprel 7-sonli qarori bilan tasdiqlangan.