5A110101 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika) magistratura mutaxassisligi

E`tibor qarating!


Ushbu sahifada keltirilgan ma`lumot 2018-2019 o`quv yili qabuliga oid.
Joriy o`quv yiliga oid ma`lumotlar bilan Qabul 2019 sahifasidagi tegishli sahifada tanishishingiz mumkin.

Dasturning  maqsadi  va  vazifalari

a)  Nazariy  tushuncha. Mazkur  dastur 5A110101 –Aniq  va  tabiiy  fanlarni o’qitish metodikasi  (matematika) mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilarining  matematika o’qitish metodikasining taraqqiyot tendentsiyasi (jihati),  uning bugungi kundagi holati, izlanish metodlari, yangilanish sabablari, tegishli o’quv adabiyotlar va ularni qisqacha tavsifi, uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’inlarida matematika ta’limi va o’qitish metodikasining o’ziga xos jihatlari    haqida tushunchalari hamda   tadqiqotlarni   amalga oshirish bo’yicha layoqatlarini   aniqlashga   mo’ljallangan. b) Dasturning  maqsadi  magistraturaga kiruvchilarning bakalavriatura bosqichida   matematika kursining tuzilish tamoyillari va ularning tafsiloti, matematika ta’limining mazmuniy hamda tarbiyaviy jihatlari, matematika ta’limining politexnik asosi va hayot bilan bog’liqligi, ilmiy va o’kuv bilish hamda ularning o’zaro munosabatlari, shuningdek,  falsafiy  yondashuv   asosida  bilish   haqidagi  nazariyalar, umumiy  ilmiy   uslublar, matematika bilish yo’llari, ilmiy tadqiqotlarni  amalga  oshirish uslublari va  tamoyillari  o’zlashtirganlik va amalda qo’llay olish   malakalari   darajasini aniqlash. v) Dasturning vazifalari:  magistraturaga kiruvchilarning -                matematika fani tadqiqotlari uslublari bo’yicha ilmiy va uslubiy adabiyotlar bilan tanishganligi darajasini; -                matematika fanlari  va uni o’qitish metodikasini tadqiq qilishning ilmiy yo’nalishlari bilishi darajasini; -                tadqiqot jarayonida matematika o’qituvchisining aniq vazifasini anglay olish darajasini; -                matematika fani va tadqiqotlar sohasining ilmiy yo’nalishlari,  tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada  va ilmiy tahlil masalalarini o’zlashtira olganliklarini; -                ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish malakalarining mavjudligini; -                ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini ko’rsatib berish.
  1. I.           Dasturning  asosiy mazmuni.
Mazkur dasturning asosiy mazmuni  5A110101-Aniq  va  tabiiy  fanlarni o’qitish metodikasi (matematika) mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga qabul jarayonida o’tkaziladigan mutaxassislik bo’yicha suhbatda magistraturaga kiruvchilarning bakalavr ta’lim bosqichida olgan bilimlariga hamda fanlar bo’yicha mustaqil ta’limga tayyorgarlik  jarayonlarida, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishi bajarish jarayonida shakllantirilgan ilmiy adabiyotlar bilan tanishish, nazariyani amaliyot bilan birga qo’shish, bilish darajalari,  ularni bayon etish metodikasi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqidagi umumiy tushunchalari, ilmiy mushohada qila olish va yangi g’oyalar shakllantira olish qobiliyati, ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish mazmuni bilan tanishganligi, tadqiqot natijalarini tahlil qila olish qobiliyatining mavjudligi, fanning ilmiy va ta’limiy xususiyatlarini o’zlashtirish jarayonida o’zlashtirgan bilimlari va malakalarini aniqlashga yo’naltirilgan masalalarni qamrab olgan.
  1. 1.            Matematika fani  va uni o’qitish metodikasini tadqiq qilishning ilmiy yo’nalishlari
Matematika kursining tuzilish tamoyillari va ularning tafsiloti.  Matematika ta’limining mazmuniy hamda tarbiyaviy jihatlari. matematika o’qitish metodikasininng nazariy asoslari. matematika o’qitishning maqsadi va vazifalari. Matematika ta’limining politexnik asosi va hayot bilan bog’liqligi. O’quvchilarning tafakkuri va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish. Ilmiy va o’kuv bilish hamda ularning o’zaro munosabatlari. Matematikaga doir bilimlarning tuzilmasi. O’quvchilarda mantiqiy va dialektik fikrlashni rivojlantirish. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda mustaqil ta’lim imkoniyatlari. Ta’lim jarayonining davriylik qonuniyati haqida matematika ta’limida nazariy umumlashmalar. matematika o’qitish metodlari haqida. Didaktik tamoyillar va ulardan fizika o’qitishda foydalanishning o’ziga xos jihatlari. Induktiv va deduktiv o’qitish metodlari. Evristik metod haqida.

2. Tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g’oyalarni shakllantirish

Matematika da tadqiqot metodlari  va yondashuvlari. Matematikani ilmiy-bilish nazariyasi. Matematikaga va  uni o’qitish metodikasiga oid  tadqiqotlar  jarayonida ilmiylikka   asoslangan xulosalarni chiqarish.  Tajriba–sinov  ma’lumotlarni jamlash va klassifikatsiyalash, qiyosiy va ilmiy-tahliliy taqqoslash, olingan xulosalarni  ilmiy ravishda bayon eta olish. Matematika o’qitish metodikasining taraqqiyot jihati, uning bugungi kundagi holati, izlanish metodlari, yangilanish sabablari, tegishli o’quv adabiyotlar va ularni qisqacha tavsifi. Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’inlarida matematika ta’limi hamda  o’qitish metodikasining o’ziga xos jihatlari.  Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi  va uni tahlil qilish, ta’lim jarayonining davriylik qonuniyati haqida matematika ta’limida nazariy umumlashmalar hosil qilish. Tadqiqot jarayonida ilmiy farazlarni belgilash, tadqiqot natijalarini aniqlash, ilmiy xulosalarini asoslab bera olish, ilmiy tavsiyalarni ilgari sura olish layoqatining mavjudligi, tarixiy tahlil jarayonida yangi ilmiy qarashlar va yangi g’oyalarni shakllantira olish.

3. Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish

Ilmiy  tadqiqot-inson  ma’naviy  faoliyatining oliy shakli. Fan va  ilmiy ijodiyot. Ilmiy  bilish. Ilmiy  tadqiqot tushunchasi.  Ilmiy tadqiqot ob’ekti. Ilmiy tadqiqot predmeti. Ilmiy ijodiy  faoliyat, uning maqsadi va vazifalari. Ilmiy  tadqiqotning  asosiy bosqichlari: empirik  va  nazariy  tadqiqot, ularning uzviy  bog’liqligi. Tadqiqotlarni samarali olib borish muammolari, ilmiy ishlarni yozish usullari.Tadqiqot mavzusini tanlash, mavzuning o’rganilishi darajasini aniqlash, ish rejasini tuzish. Tadqiqot va tajriba natijalaridan ishonchlilarini  tanlash va reja bo’yicha joylashtirish. Boblarni tuzish va joylashtirish usullari. Asosiy qismning yozilishi. Kirish va xulosa qismlarining yozilishi. Foydalanilgan adabiyotlarni matnga qayd etish(havola) tartiblari. Foydalanilgan  manbaalar va adabiyotlar ro’yxatining tuzilishi. Ishning betlarini raqamlash va mundarijasini to’g’ri tashkil etish.

4. Ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligi

    Matematikani o’qitish maqsadi, o’qitish mazmuni va o’qitish metodining o’zaro bog’liqligi. Matematika o’qitish metodlari va  ularning   klassifikatsiyasi.  Matematika o’qitishning og’zaki metodlari.  Matematika o’qitish jarayonida induktsiya va deduktsiya, taqqoslash va  modellashtirish metodi. Matematika  rivojlantirishning faol hamda ijodiy metodlari. Matematika o’qitishning muammoli, programmalashtirilgan, algoritmlashtirilgan  va tadqiqodchilik metodlari.       Matematika ta’limida muammoli o’qitish va uning hususiyatlari. Matematika o’qitishda muammoli vaziyatlarni  yaratish va o’quv-ilmiy muammolarni hal etish uslublari. Matematika ta’limida o’qitishning  o’yinli metodlari va ulardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari. Matematika  o’qitishni kompьyuterlashtirish, uning imkoniyatlari, afzallik va kamchiliklari. Matematika  kursi bo’yicha kompьyuterli o’quv qo’llanmalar va ulardan foydalanish metodikasi.   5. Tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka tushuntira olish qobiliyati ilmiy nashrlarda e’lon qilgan ishlarning, jumladan, metodik qo’llanmalar va ishlanmalarning mavjudligi, xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy maqolalarning mavjudligi, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferentsiyalardagi ishtiroki va ilmiy ishlarining e’lon qilinganligi kabilar  bilan aniqlanadi.

MAGISTRATURAGA KIRUVCHILARNING ILMIY VA ILMIY-PEDAGOGIK ISHLARGA QOBILIYATI VA QIZIQISHINI ANIQLASH DASTURI BO’YICHA BILIM DARAJASINI ANIQLASHNING BAHOLASH MEZONLARI:

  1. I.             Nazariy bilimlar darajasi quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
  2. 1.            8,6 - 10 ballga o’zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar  –
  • Tadqiqot jarayonida qo’yilgan muammolar yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish;
  • fanning metodologik asoslari, matematika fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida ijodiy fikrlay olish;
  • matematika fanining tadqiqot uslublari, falsafiy yondashuvlar, tadqiqot uslublarining jihatlari va ularni tadqiqotlar jarayonlarida qo’llash borasida mustaqil mushohada yurita olish;
  • mavjud bilimlarini ilmiy tadqiqot jarayonlarida amaliy jihatdan qo’llay olish malakasining mavjudligi;
  • fanning masalalari yuzasidan o’z fikrlari va qarashlari, mushohadalari, xulosalarining mohiyatini tushuna olishi;
  • o’zlashtirgan bilimlarini atroflicha tushunish va bilish, mavjud bilimlariga asosan o’z fikrlarini aytib berish va tushuntirib berish;
  • mavjud bilimlari asosida fizika va  astronomiya fanining metodologik asoslari haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi:
  • matematika fani bo’yicha to’laqonli ilmiy tadqiqot malakasining mavjudligi.
  • Zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida to’liq tushunchaga egaligi.
  1. 2.            7,1-8,5 ballga o’zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar fanning mavzulari bo’yicha  –
  • Tadqiqot jarayonida qo’yilgan muammolar yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish;
  • fanning metodologik asoslari, matematika fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida ijodiy fikrlay olish;
  • matematika fanining tadqiqot uslublari, falsafiy yondashuvlar, tadqiqot uslublarining jihatlari va ularni tadqiqotlar jarayonlarida qo’llash borasida mustaqil mushohada yurita olish;
  • mavjud bilimlarini ilmiy tadqiqot jarayonlarida amaliy jihatdan qo’llay olish malakasining mavjudligi;
  • fanning masalalari yuzasidan o’z fikrlari va qarashlari, mushohadalari, xulosalarining mohiyatini tushuna olishi;
  • o’zlashtirgan bilimlarini atroflicha tushunish va bilish, mavjud bilimlariga asosan o’z fikrlarini aytib berish va tushuntirib berish;
  • Zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida qisman tushunchaga egaligi
  1. 3.            5,5-70 ball magistraturaga kiruvchilarga  fanning  mavzulari bo’yicha yuqoridagi talablarga javob bera olmagan, biroq quyidagi jihatlarga javob bera olgan holatda qo’yiladi –
  • qo’yilgan muammolar yuzasidan xulosa va qaror qabul qilishda qiynalish yoki ikkilanish;
  • fanning metodologik asoslari, matematika fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida ijodiy fikrlay olishning mavhumligi;
  • matematika tadqiqot uslublari, falsafiy yondashuvlar, tadqiqot uslublarining jihatlari va ularni tadqiqotlar jarayonlarida qo’llash borasida mustaqil mushohada yurita olishda ikkilanish yoki aniqlikning yetishmasligi;
  • fanning masalalari yuzasidan o’z fikrlari va qarashlari, mushohadalari, xulosalarining mohiyatini yetarli darajada tushuna olmasligi.
  1. 4.            a)   Yuqoridagi talablarga to’liq javob beradigan darajada tayyorgarlikka ega bo’lmagan va ayni vaqtda talablarning ayrim qismlarini nisbatan o’zlashtirgan magistraturaga kiruvchilar 1 – 5,4 ball oralig’ida baholanishi mumkin;
b) Yuqoridagi talablarga to’liq javob beradigan darajada tayyorgarlikka ega bo’lmagan va ayni vaqtda ularni o’zlashtirmagan magistraturaga kiruvchilar baholanmaydi – 0 ball.  
  1. II.          Ilmiy faoliyat va ularning natijalari quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
     

Ilmiy va uslubiy ish mazmuni

Belgilangan ball - 10 ball

Jami ball

Yakka mualliflikda

Hammualliflikda

1

Metodik qo’llanmalar va ishlanmalar

1 ball

1 ball

0.5 ball

2

Xalqaro ilmiy jurnallardagi yoki  OAK ro’yxatidagi jurnallardagi ilmiy maqolalar

3 ball

3 ball

2 ball

3

Matematika (mutaxassislik) fani  bo’yicha o’tkazilgan olimpiadaning respublika respublika bosqichida o’rin olganligi uchun*

2 ball

2 ball

1 ball

4

Ilmiy konferentsiyalardagi ishtiroki

a) Xalqaro konferentsiyalar va ilmiy to’plamlardagi maqolalar

2 ball

1 bal

1 ball

b) Respublika miqyosidagi ilmiy konferentsiyalardagi ishtiroki va ilmiy to’plamlardagi maqolalar

2 ball

3 tagacha – 1 ball; 3 ta va undan ko’p bo’lsa - 2 ball

2 tagacha – 0,5 ball; 3 ta va undan ko’p bo’lsa - 1 ball 0,5

 
  • Matematika (mutaxassislik) fani  bo’yicha o’tkazilgan respublika olimpiadasida birinchi, ikkinchi yoki uchinchi o’rinni olganligi uchun 2 ball.
 

DASTURNING USLUBIY-ME’YORIY ASOSLARI

 

  1. 5140100-matematika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standarti. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2011 yil 16 sentyabr 387-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan . O’z.DSt  2735    2013.
  2. Matematika o’qitish nazariyasi va metodikasi  fani dasturi.  O’zR Oliy va va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 14-martdagi 107-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Ro’yxat raqami: BD-5110100-3.03.
  3. Algebra va sonlar nazariyasi fani dasturi.O’zR Oliy va va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 17-noyabrdagi 467-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Ro’yxat raqami: №BD 5110100-3.05.
Geometriya fani  dasturi. O’zR Oliy va va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 17-noyabrdagi 467-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Ro’yxat raqami: №BD 5110100-3.06. Ro’yxat raqami: №BD 5140100-3.09.