Axborot texnologiyalari Markazi 23.05.2001 yilda tashkil etilgan. Markaz 26 ta zamonaviy kompyuter va texnikalar bilan jihozlangan sinflar va filiallarga ega. Markaz faoliyatining asosiy yo`nalishi - Universitetning kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish va uning dasturiy ta`minotini amalga oshirishdir
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Axborot texnologiyalari Markazi 23.05.2001 yilda tashkil etilgan. Markazimiz 26 ta zamonaviy kompyuter va tex-nikalar bilan jihozlangan sinflar va filiallarga ega. Markazimiz faoliyatining asosiy yo`nalishlari quyidagilarni tashkil etadi: - Universitetning kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish va uning dasturiy ta`minotini amalga oshirish; - Axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish tizimini ta`lim jarayoniga kiritish, o`quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxonalarni yaratish; - Zamonaviy axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish sohasida universitet professor-o`qituvchilari uchun seminar-treninglar o`tkazish; - Professor-o`qituvchilar, doktorantlar, aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar magistratura va bakalavriat talabalari uchun INTERNET va milliy ilmiy-o`quv tarmog`idan foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish;
![]() |
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Axborot texnologiyalari Markazi 2001 yilning 23 mayida tashkil etilgan. 1992 yillarda “Praves”, “Yamaxa”, “Korvet” kompyuterlaridan iborat 5 ta kompyuter o‘quv xonalari mavjud edi. 1998 yillarga kelib IBM-286, IBM-386, IBM-486 kompyuter xonalari tashkil etildi. 2000 yillarda esa Pentium –I, II kompyuter xonalari, 2004 yillarda Pentium –III, keyinchalik Pentium –IV kompyuter o‘quv xonalaridan universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalarga foydalanib kelishdi. 2002-2003 yillarda universitetning 7 ta o‘quv binosida axborot texnologiyalari Markazlari tashkil qilindi. Universitetning yagona lokal kompyuter tarmog‘i hosil qilindi. Universitetda videokonferens zal jihozlandi va videokonferensiyalar tashkil qilindi. «INTERNET YANGILIKLARI» nomli axborotnomalarni nashrdan chiqarib ta’lim muassasalariga tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Universitetning INTERNETdagi dastlabki sayti www.ntgpu.uzsci.net yaratildi: 2005-2006 yillarda TDPUning rasmiy web-sayti www.tdpu.uz yaratildi. Hozirgi vaqtda markaz tomonidan muntazam ravishda universitetning kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish va uning dasturiy taminotini amalga oshirish, milliy elektron ta’lim tarmog‘i asosida tashkil etiladigan videokonferensiyalarni tashkil etishda texnik, dasturiy ta’minotni amalga oshirish, o‘quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxona ishini takomillashtirish, universitet saytini interaktiv xizmatlar, universitet yangiliklari haqidagi axborotlar, qo‘shimcha xizmat turlari bilan doimiy yangilab borish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. 2013-2014 o‘quv yilida universitetning barcha o‘quv binolari optik tolali yagona lokal tarmoqqa birlashtirildi va yuqori tezlikka ega bo‘lgan Internet tarmog‘iga ulandi va universitet hududi simsiz (Wi-Fi) Internet tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olindi. O‘tgan o‘quv yili davomida markaz xodimlari tomonidan universitetda yagona elektron axborot muhitini yaratish loyihasi doirasida marketing bo‘limi uchun “Talabalar to‘lov-kontraktini oshirish hisobotini yuritish”, arxiv bo‘limi uchun “Arxiv xujjatlari hisobini yuritish”, diplom bo‘limi uchun “Bitiruvchilar diplom raqamlari hisobini yuritish” va “Qayta tayyorlash diplomlari va malaka oshirish sertifikatlari”ni berish, Shaxsiy reja, Elektron o‘quv metodik majmua kabi dasturlarni mukammal ishlab turishi yuzasidan xizmatlar ko‘rsatilib, ushbu dasturiy ta’minotlar muntazam ravishda nazorat qilib kelinmoqda. Shu bilan birga markaz dasturchisi (S.Dottoyev) tomonidan “TDPU elektron xujjatlar tizimi” dasturi yaratilgan bo‘lib, yuqori tashkilotlardan kelayotgan barcha me’yoriy xujjatlar va ichki buyruqlarning fakultetlar va bo‘linmalararo elektron tarzda xujjat almashinuvi joriy etilgan. Bu jarayon mas’ul xodimlarning o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni tez va sifatli bajarishi bilan bir qatorda qog‘ozdan tejash kabi afzalliklarga ega bo‘lindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 8 dekabrdagi 817-F sonli farmoyishi, 2012-yil 10-dekabrdagi 1875-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda chet tillarini o‘rganish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lganlar uchun “Ingliz tilini o‘rganamiz” kabi axborot tizimlari va elekron multimediali dasturlar yaratildi va universitet saytiga joylashtirildi. 2014-2015 o‘quv yili davomida universitetning web-sayti (www.tdpu.uz) to‘liq qayta ishlab chiqildi va uning interfeysini yangilanishi bilan bir qatorda saytga kiritilayotgan ma’lumotlarning sifati va mazmundorligiga katta e’tibor qaratilmoqdaki, hozirgi kunda universitet sayti reyting ko‘rsatkichiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi. Universitet rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilar va bitiruvchi kurs talabalarining kasbiy faoliyatlarini va yutuqlarini yuzaga chiqarish maqsadida portfoliolarni joylashtirish tizimi yaratildi va portfolio bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomalar tayyorlandi hamda ushbu tizimga ular haqidagi barcha ma’lumotlar kiritildi. Shu bilan bir qatorda universitet saytida elektron kutubxona, OTMga qabul, diplom olganlik to‘g‘risida ma’lumot, vakant lavozimlar, ilmiy faoliyat, elektron qabulxona, ishchi o‘quv rejalari kabi interaktiv xizmatlar ishga tushirildi.
1992 yillarda “Praves”, “Yamaxa”, “Korvet” kompyuterlaridan iborat 5 ta kompyuter o‘quv xonalari mavjud edi. 1998 yillarga kelib IBM-286, IBM-386, IBM-486 kompyuter xonalari tashkil etildi.
2000 yillarda esa Pentium –I, II kompyuter xonalari, 2004 yillarda Pentium –III, keyinchalik Pentium –IV kompyuter o‘quv xonalaridan universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalarga foydalanib kelishdi.
2002-2003 yillarda universitetning 7 ta o‘quv binosida axborot texnologiyalari Markazlari tashkil qilindi. Universitetning yagona lokal kompyuter tarmog‘i hosil qilindi. Universitetda videokonferens zal jihozlandi va videokonferensiyalar tashkil qilindi. «INTERNET YANGILIKLARI» nomli axborotnomalarni nashrdan chiqarib ta’lim muassasalariga tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Universitetning INTERNETdagi dastlabki sayti www.ntgpu.uzsci.net yaratildi: 2005-2006 yillarda TDPUning rasmiy web-sayti www.tdpu.uz yaratildi.
Markaz tomonidan axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish tizimini ta`lim jarayoniga kiritish, o`quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxonalarni yaratish va takomillashtirish ustida ishlar olib borilmoqda.
Elektron o`quv metodik majmualar yaratilib, universitetning lokal tarmog`i hamda www.tdpu.uz va www.pedagog.uz saytlariga joylashtirilgan.
Markazda hozirgi kungacha universitetda o’qitiladigan birqancha fanlardan elektron darsliklar yaratilgan va yaratilmoqda
Universitetimizda videokonferenszal zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan va TerDU, GulDU, BuxOOESTI, AndMI, QarshiDU bilan anjumanlar videokonferensiya vositalari yordamida o`tkazilmoqda.
Markazda zamonaviy Pentium komp'yuterlaridan iborat 26 ta o`quv sinflari mavjud bo`lib, universitet o`quv ishlarida keng foydalanilmoqda. Hozirda professor-o`qituvchilarimiz, talabalarimiz Markaz xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Ularga INTERNET tizimidan o`zlarining fanlariga oid yangiliklarni olishlariga barcha sharoitlar yaratilgan.
Universitet yangi binolarida xar bir auditoriya va xonalar lokal tarmoqqa ulangan.
Kompyuterlarni tuzatish jarayonida ehtiyot qismlarini almashtirish bilan birga Prosessor, Blok Pitaniya, Vinchester, Operativ xotira kabi qismlari ko’zdan kechiriladi.
Printerlarni tuzatish jarayonida ehtiyot qismlarini almashtirish bilan birga Baraban Magnit vali, Rezina vali Termoplyonki kabi qismlari ko’zdan kechiriladi.
- Axborot-kommunikatsion texnologiyalar, masofaviy ta`limni qo`llash, rivojlantirish muammolariga bag`ishlangan ko`rgazmalar, anjumanlar, amaliy seminarlarni tashkil etish;
- Respublikaning boshqa o`quv muassasalari, chet el davlatlari ta`lim muassasalari bilan o`zaro tajriba almashish, axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish bo`yicha hamkorlikdagi o`quv kurslarini yaratish maqsadida ijodiy aloqalarni o`rnatish va rivojlantirish;
- Axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish bo`yicha o`quv-metodik adabiyotlarning, dasturiy ta`minotning avtomatlashgan axborot tizimining sifatini dastlabki ekspertizadan o`tkazish;
- Markaz haqidagi informatsion byulletenlar tarqatishni tashkillashtirish;
- Universitetning INTERNETdagi saytini yaratish va uning masofaviy o`qitish kurslari, masofaviy o`qitish Markazi, universitet yangiliklari haqidagi axborotlar bilan doimiy yangilanishini ta`minlash;
- Universitetda axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitishni rivojlantirish bo`yicha chet el vа mahalliy tashkilotlarning grant va investitsiyalarini jalb qilinishini tashkil etish.