Tahrir-nashr bo'limi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti «Tahrir va nashr» bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 4-sonli qarori va O‘ROO‘MTV 1999 yil 29 oktyabrdagi 324-sonli buyruqlariga asoslanib, universitet va boshqa turdosh OO‘Yuni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti «Tahrir va nashr» bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 4-sonli qarori va O‘ROO‘MTV 1999 yil 29 oktyabrdagi 324-sonli buyruqlariga asoslanib, universitet va boshqa turdosh OO‘Yuni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. 2005 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori tomonidan «Tahrir va nashr» bo‘limi NIZOMI qayta tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan GUVOHNOMA berilgan (reestr № 10-1345. 2011 yil 20 iyul). Hozirgi kunga kelib «Tahrir va nashr» bo‘limida 5 ta xodim o‘z faoliyatini yurgazib kelmoqda. Bo‘lim zamonaviy texnikalar (Rizograf-DUPLO, Ramoyor 313, Terma kley, Rezka, katta stepler, “EPSON L1800”, “EPSON L800”, “EPSON M105”) bilan jihozlangan bo‘lib universitetning “Pedagogika” va “Ilmiy axborotlar” jurnallari, universitetning buklet, brashura va blaknotlari, faxriy yorliq, marketing va buxgalteriya blankalari, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalarni tez va sifatli xolatda nashr qilib kelmoqda. «Tahrir va nashr» bo‘limi ishchi-xodimlari quyidagilardan iborat. 1. Katta texnik muharrir – R.Haydarov 2. Katta korrektor – O.Umarov 3. Muharrir – I.Ashurmatov 4. Musahhih – Sh.Tursunov 5. Musahhih – D.Tovakalova