Umumiy matematika kafedrasi tarixi

Universitet rektori Sh.S.Sharipovning 2015-yil 170-sonli buyrug‘iga asosan “Matematik analiz” kafedrasi negizida “Umumiy matematika” kafedrasi shakllantirildi. Kafedraning professor o‘qituvchilari matematik analiz, algebra va sonlar nazariyasi, analitik geometriya, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, diskret matematika va oliy matematika fanlaridan maruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar.

Institut direktori Tetyushevning 1939 yil 17 fevraldagi 8-son buyrug‘iga asosan matematika kafedrasi matematik analiz va algebra kafedralariga ajratilgan. Matematik analiz kafedrasi bo‘yicha olib boriladigan o‘quv fanlari quyidagi tartibda belgilangan: Analiz I analitik geometriya bilan, Analiz II differensial geometriya bilan, Analizning maxsus kursi, Astronomiyaning umumiy kursi, Matematika o‘qitish metodikasi pedagogik amaliyot bilan. Kafedra professor – o‘qituvchilar tarkibi quyidagicha tasdiqlangan: Gabrielyan, Qodirov, Yuabov, Loginov, Yuldashev, Krasnov, Niyazov, Karimov, Jdanov, Stepanov, Pereldik, jami 11 kishi. Bulardan faqat Loginov P.P. ilmiy darajaga ega bo‘lgan. Institut direktorining ushbu buyrug‘iga asosan fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Loginov Pavel Petrovich 1939 yil 20 fevraldan matematik analiz kafedrasiga mudirlik vazifasini bajaruvchi qilib tayinlangan. 1938-1945 yillarda fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida ishlagan fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Maqsudov Shermat Toshmetovich ham shu kafedrada faoliyat ko‘rsatgan. Kafedra asosiy e’tiborni o‘rta maktablar uchun yuqori malakali matematika o‘qituvchilari tayyorlashga qaratgan. Lekin, matematika fanlaridan o‘zbek tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalarining yetishmovchiligi, kafedra professor – o‘qituvchilari tarkibida ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan mahalliy millat vakillarining kamligi milliy guruhlarda ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil qilishda ancha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Sh.T.Maqsudovning milliy guruhlarda analitik geometriya, oliy algebra, matematik analiz, differensial geometriya, ehtimollar nazariyasi, analitik funksiyalar nazariyasi fanlaridan ma’ruza o‘qiganligi buning yorqin dalilidir. Shuning uchun ham, kafedra a’zolari rus tilida mavjud bo‘lgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, o‘zbek tilida o‘quv qullanmalari yaratish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirishgan. Sh.T.Maqsudov Okunevning 30 bosma tabaq hajmidagi «Vыsshaya algebra» kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashr qildirgan. U fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Jalolov Saloh Jalolovich bilan hammualliflikda «Karrali va egri chiziqli integrallar» kitobini yozib, nashr qildirgan. Sh.T.Maqsudov, S.X.Sirojiddinov, M.S.Saloxitdinovlar bilan hammualliflikda «Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi» (1970 y.), «Integral tenglamalar elementlari», «Analitik funksiyalar nazariyasidan mashqlar» (1978 y.), A.G‘.Hikmatov, T.T.Turdiev «Matematik analiz» (1980 y., 1990 yillarda) ikkinchi nashri, A.G‘.Hikmatov, K.K.Karasheva, O‘.T.Toshmetov «Matematik analizdan misol va masalalar to‘plami» (1987 y.) Shu davrda Toshkent davlat universiteti hamda akademiya ilmiy tekshirish institutlarida faoliyat ko‘rsatgan taniqli matematik olimlar T.N.Qori-Niyoziy, T.A.Sarimsaqov, I.S.Arjanыx, N.N.Nazarov, A.P.Domoryad, M.A.Sobirov va boshqalar matematik analiz va algebra kafedralarida o‘rindoshlik asosida ishlab, kafedra a’zolarining ilmiy va pedagogik salohiyatini ko‘tarish, fakultetda ta’lim sifatini oshirishda beqiyos amaliy yordam ko‘rsatishgan. Kafedra a’zolari matematikaning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borishgan. P.P.Loginov va G.M.Jdanov differensial tenglamalar bilan shug‘ullanishgan. P.P.Loginov 1934 yilda, G.M.Jdanov 1940 yilda nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Ular urushdan keyingi yillarda Chapligin differensial tengsizligini umumlashtirish masalalari bilan shug‘ullanishib, ushbu tengsizlikni differensial tenglamalar sistemasi uchun ham o‘rinli ekanligini isbotlashgan. Keyinchalik, P.P.Loginov bu tengsizlikni integral va integral-differensial tenglamalar uchun umumlashtirgan. Kafedra a’zosi Pereldik Aleksandr Lvovich to‘plamlar nazariyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan va 1941 yilda «Protivorechiya teorii mnojestv» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Maqsudov Shermat Toshmetovich akademik Romonovskiy Vsevolod Ivanovichning ilmiy rahbarligida ehtimollar nazariyasi bilan shug‘ullangan va 1937 yilda «O kriteriyax prakticheskoy primenimosti raspredeleniya Puassona» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Urush yillari P.P.Loginovning harbiy xizmatga safarbar qilinishi sababli, fakultet dekani Sh.T.Maqsudov 1951 yilgacha kafedraga ham mudirlik qilgan. 1951 yilda Sh.T.Maqsudovning Buxoro davlat pedagogika institutiga direktor lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan kafedra mudirligi, shu paytda institut direktorining muovini lavozimida ishlayotgan P.P.Loginovga topshirilgan. P.P.Loginov fakultetda ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, shular hisobiga kafedra tarkibini kengaytirish va yangilab borish, ularning Moskva, Leningrad, Kiev, Kishenyov shaharlaridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida stajirovkada bo‘lish, malaka oshirish, aspiranturada o‘qish, nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish ishlarini tashkil qilishda katta tashabbus ko‘rsatgan. Toshkent va Samarqand davlat universitetlari, O‘zFAning Matematika va Astronomiya institutlari, viloyatlardagi pedagogika institutlarining matematika kafedralari bilan o‘zaro foydali hamkorlik yo‘lga quyilgan. Fakultet qoshida matematikaning fundamental yo‘nalishlari va o‘qitish metodikasi bo‘yicha aspirantura tashkil qilingan. Jumladan, kafedra a’zolari M.S.Saydamatov va M.M.Medjitov ushbu aspiranturada o‘qib, I.S.Arjanыx rahbarligida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. O‘tgan asrning 50-60-yillarida kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini iqtidorli yosh mutaxassislar hisobiga oshirishga e’tibor kuchaytirilgan. Shunday yoshlardan, Turdiev Timur Turdievich (TDPIni 1951 yilda tugatgan) 1951 yildan, Hikmatov Azim G‘ulyamovich (SamDU, 1946 y.) 1951 yildan, Manevich David Vulfovich (O‘ODU, 1950 y.) 1953 yildan, Saydamatov Muhammadjon Saydamatovich (OshPI, 1953 y.) 1957 yildan, Karasheva Kulzayra Karashevna (O‘ODU, 1961 y.) 1961 yildan, boshlab matematik analiz kafedrasida ilmiy-pedagogik faoliyat boshlashgan. ilmiy-pedagogik faoliyat boshlashgan. 1961 yilda V.G.Belinskiy nomidagi Toshkent kechki pedagogika instituti Nizomiy nomidagi TDPIga qo‘shilishi munosabati bilan kafedra yana ham kengaydi. Kafedra a’zolari safiga Tleuberdiev Bekjigit (Alma-ata DU, 1965 y.) 1965 yildan, Karimova Adiba (TDU, 1972 y.) 1972 yilda qo‘shilishdi. Kafedra safini fakultetda tahsil olgan iqtidorli talabalarni ishga olib qolish orqali ham yoshartirib borilgan. Kafedra mudiri P.P.Loginov va fakultet dekani (1963-1966 y.y.), keyinchalik, institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida (1966-1986 y.y.) ishlagan M.S.Saydamatovning tashabbusi bilan fakultetni turli yillarda tugatgan iqtidorli yoshlar kafedrada olib qolingan. Sharifova T.Sh. (1959 y.), Yuldoshev E.A. (1961 y.), Medjitov M.M. (1964 y.), Toshmetov O‘.T. (1965 y.), Ahmedov M. (1966 y.), Madirimov M. (1968 y.), Abduqodirov A.A. (1969 y.), Jumaniyozov K.A. (1977 y.), Qodirov R.R. (1979 y.), Yodgorov N. (1985 y.), Turgunbaev R.M. (1986 y.) shular jumlasidandir. Bu davrda kafedraning ilmiy faoliyatida ham katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. MDU professori A.D.Mыshkisning 1950-yillarda nashr qilingan «Lineynыe differensialnыe uravnenie s zapazdыvayuщim argumentom» nomli monografiyasi kafedra a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi va kafedraning 1980-yillargacha bo‘lgan ilmiy yo‘nalishini belgilashda muhim omillardan biri bo‘ldi. P.P.Loginov rahbarligida ushbu yo‘nalishda ilmiy seminar tashkil qilindi. 1960 yilda MDU professori P.E.Elsgolsning institutga kelishi va ushbu sohaning dolzarb muammolari bo‘yicha o‘qigan ma’ruzalari kafedra ilmiy faoliyatining yanada kuchayishiga turtki bo‘ldi. 1961 yilda kafedra dotsenti va fakultet dekani G.M.Jdanovning «O priblejyonnom reshenii sistemы differensialnыx uravneniy pervogo poryadka s zapazdыvayuщim argumentom» mavzusidagi birinchi maqolasi O‘zFADda chop qilindi. P.P.Loginov kechikuvchi argumentli differensial tenglamalarning mexanikaga tatbiqi masalalari bilan shug‘ullandi. Uning shu davrdagi ilmiy tatqiqot natijalari 1963-1964 yillarda O‘zFAning «Axborot»larida chop qilingan «Opisanie mexanicheskix sil uravneniem s zapazdыvayuщim argumentom. I. Dinamika tochki", "Opisanie mexanicheskix sil uravneniem s zapazdыvayuщim argumentom. II. Dinamika sistemы», «O vozmojnosti ob’yasneniya yavleniya rasshireniya svobodnыx mexanicheskix sistem» kabi maqolalarida bayon qilingan. Loginov P.P. “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Kafedra a’zolari T.T.Turdiev 1966 yilda «Dvuxstoronnie reshenie differensialnыx uravneniy s otklonyayuщimsya argumentom» mavzusida, 1968 yilda M.M.Medjitov «Integralnыe uravneniya s otklonyayuщimsya argumentom i kraevыe zadachi» mavzusida va K.K.Karasheva «Asimptotika po bolshomu parametru uravneniy vtorogo poryadka s zapazdыvayuщim argumentov» mavzusida, 1971 yilda E.A.Yuldoshev «Asimptoticheskie svoystva resheniy differensialnыx i raznostnыx uravneniy s malыm parametrom» mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. M.S.Saydamatov 1963 yilda «K teorii integriravaniya uravneniy Pfaffa» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan bo‘lsa, 1975 yilda T.Sharifova «O koleblemosti resheniy raznostnыx uravneniy» mavzusida, 1981 yilda R.R.Qodirov «Parabolicheskie uravneniya vtorogo poryadka v neogranichennыx oblastyax i asimptoticheskie svoystva ix resheniy» mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. R.R. Qodirov yosh olimlar mukofati sohibi bo‘ldi. Kafedrada ehtimollar nazariyasi va matematik statistika muammolari bilan kafedrada 1953 yildan faoliyatini boshlagan D.V.Manevich shug‘ullangan. U 1955 yilda “Nekotorыe voprosы sepey Markova-Brunsa” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi va 1959 yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Uning rahbarligida R.Salohuddinov ehtimollar nazariyasidan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. D.V.Manevich 1974 yilda “Issledovaniya po predelnыm raspredeleniyam” monografiyasini nashr etdi U, shuningdek bo‘lajak matematika o‘qituvchisini maktabda samarali faoliyat yuritishga tayyorlash va o‘rta maktabda matematika o‘qitilishini takomillashtirishga, xususan o‘quvchilarda ehtimollar nazariyasi va statistika elementlarini shakllantirishga qaratilgan ilmiy metodik izlanishlar olib bordi. A.N.Kolmogorov, B.V.Gnedenko, A.Ya.Xinchin kabi yetuk matematik olimlar qatorida ehtimollar nazariyasi va statistika fanlarini rivojlantirish, keng targ‘ib qilish va o‘rta maktabdan boshlab o‘qitish muammolariga bag‘ishlangan, olim bu sohada qator yutuqlarga erishdi. Uning shogirdlari I.M.Gaysinskaya “Nekotorыe voprosы izucheniya elementov teorii veroyatnostey v shkolnom kurse matematiki” (1971), Xatima Ochilova “Voprosы razvitiya statisticheskogo mыshleniya uchaщixsya 4-8 klassov obщeobrazovatelnoy sredney shkolы” (1975), M.Xayitmurodov “Sozdanie uchebnogo oborudovaniya dlya izucheniya teorii veroyatnosti” (1980), Z.S.Dadanov “Ispolzovanie mejpredmetnыx svyazey v formirovanii statisticheskix znaniy u shkolnikov” (1986) mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Shu ishlarning natijalari sifatida “Teoriya veroyatnostey i statistika v shkolnom obrazovanii” (1989), “Ispolzovanie mejpredmetnыx svyazey v formirovanii statisticheskix znaniy u shkolnikov” (1990) nomli monografiyalari, “Teoriya veroyatnostey: aktivnoe obuchenie” (1997) o‘quv qo‘llanmalari matematika o‘qituvchilari, talabalar va metodistlar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi va bu qo‘llanmalar hozirgi kungacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. D.V.Manevich 1990 yil 25 sentyabrda «Sovershenstvovanie soderjaniya obщego srednego obrazovaniya na osnove teoriy veroyatnostey i statistiki» mavzusida matematika o‘qitish metodikasi hamda pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosliklari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyingi yillarda D.V.Manevich rahbarligida S.Kim “Formirovanie ekonomiko-statisticheskix znaniy shkolnikov 5-7 klassov”, N.Kim “Statisticheskoe issledovanie protsessa izucheniya geometrii v shkole” (1993) N.Xamedova “Formirovanie elementov ekonomiko-statisticheskix znaniy u uchaщixsya 1-4 klassov obщeobrazovatelnыx shkol” (1995), mavzusidagi, va F.Saydalieva “Metodika razvitiya geometricheskix umeniy i navыkov uchaщixsya obщeobrazovatelnыx shkol” (2002) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyalarini, M.Tojiev doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishdi Kafedrada Oliy va o‘rta maktablarda matematika o‘qitish muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar ham olib borilgan. Jumladan, A.G.Hikmatov 1967 yilda «O‘rta maktabda ekstremal masalalarni o‘rganish» bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1970-yillarga kelib, matematik analiz kafedrasi o‘zining ilmiy-pedagogik salohiyati bo‘yicha respublikadagi pedagogika institutlarida faoliyat ko‘rsatayotgan matematika kafedralari orasida peshqadam kafedralardan biriga aylangan edi. Bunda Loginov Pavel Petrovich, Maqsudov Shermat Toshmetovich, G.M.Jdanov, Turdiev Timur Turdievich, Saydamatov Muhammadjon Saydamatovichning va kafedraga yaqindan yordam bergan Arjanыx Ivan Semyonovich, Sarimsaqov Toshmuhammad Alievich, Sirojiddinov Sa’di Hasanovichning xizmatlari katta bo‘lgan.

Chapdan o‘nga o‘tirganlar: A.Karimova, dos. A.G‘.Xikmatov, prof. Sh.T.Maqsudov, P.P.Loginov, K.Karasheva, T.Sharifova, dos. D.V.Manevich. Turganlar: B.Tleuberdiev, R.Mirmaxmudov, dos. O‘.Toshmetov, dos. M.Medjitov, Tyurnin, D.Musaev, A.Abduqodirov, dos. E.A.Yuldoshov, dos. M.Madirimov. Taras Shevchenko nomidagi Kiev davlat universitetida prof. Kovansov rahbarligida aspiranturada o‘qib, differensial geometriya bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va usha davrda umumiy matematika kafedrasida dotsent lavozimida ishlayotgan N.D.Dadajanov va M.S.Saydamatov tashabbusi bilan 1970 yilda fakultetda to‘plamlar nazariyasi bo‘yicha seminar tashkil qilindi. Seminarga fizika-matematika fanlari nomzodi, shu sohaning mutaxassisi, dotsent A.L.Pereldik rahbarlik qildi. Shu yili P.P.Loginov va M.S.Saydamatovning taklifi bilan MDUning professori Smirnov Yuriy Mixaylovich institutga kelib, professor-o‘qituvchilar va yuqori kurs talabalari uchun Topologiya fanidan ma’ruzalar o‘qidi. Ushbu ma’ruzalar va Yu.M.Smirnov bilan bo‘lgan suhbatlar kafedraning yosh o‘qituvchilarida Topologiya faniga katta qiziqish uyg‘otdi. O‘.T.Toshmetov bilan M.S.Ahmedov 1970 yil sentyabr oyidan MDUning «Oliy geometriya va topologiya» kafedrasida professorlar Yu.M.Smirnov va V.I.Ponomaryov rahbarligida oldin stajirovkada, keyinchalik aspiranturada o‘qib, ilmiy izlanishlar olib borishdi. 1971 yilda ularning safiga M.Madirimov ham qo‘shildi. O‘.T.Toshmetov tomonidan sobiq ittifoq FADning 1974 yil 2-sonida akademik Aleksandrov Pavel Sergeevich tavsiyasi bilan e’lon qilingan «O svyaznosti giperprastranstv» mavzusidagi maqolasi topologik olimlar tomonidan yuqori baholandi. Ushbu maqolada taniqli polyak matematigi Karl Borsukning 1937 yilda nashr qilingan «Teoriya retraktov» nomli monografiyasida qo‘yilgan bitta muammo O‘.T.Toshmetov tomonidan ijobiy hal qilingan edi. 1975 yilda «Matematicheskiy sbornik» jurnalida M.Madirimovning «O prodoljenii ekvivariantnыx otobrajeniy» va «K teorii razmernosti v kategoriyax metrizuemыx prostranstv s periodicheskimi gomeomorfizmami» mavzusidagi ikkita maqolasi e’lon qilindi. Bu ilmiy natijalar ularning 1975 va 1976 yillarda himoya qilgan nomzodlik dissertatsiyalarinining asosini tashkil etdi. Himoyadan keyin ham ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar davom ettirildi. 1970 yilda K.Borsukning «Teoriya Sheypov» nomli monografiyasi ingliz tilida chop etildi. Ushbu monografiyaning 1976 yil rus tilidagi nashrida O‘.T.Toshmetov tomonidan sheyplar nazariyasi bo‘yicha olingan asosiy natijalar haqida Yu.M.Smirnov ma’lumotlar berib o‘tgan. 1974-1984 yillarda kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Turdiev Timur Turdievich rahbarlik qildi. Bu davrda ta’lim-tarbiya jarayonida ham, ilmiy izlanishlarda ham sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Prof. Sh.T.Maqsudov, dotsentlar M.S.Saydamatov, K.K.Karasheva, T.Sh.Sharifova, E.A.Yuldashev, M.M.Medjitov, katta o‘qituvchi Yu.N.Tyurninning ma’ruzalari va amaliy mashg‘ulotlari bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarida katta qiziqish uyg‘otar edi. Kechikuvchi argumentli differensial va integral tenglamalar nazariyasi kafedraning ilmiy faoliyatida hamon yetakchi mavqeni egallab kelmoqda edi. M.Madirimovning kafedra qoshida tashkil qilgan “Topologiya” bo‘yicha to‘garagi ilmiy kadrlar tayyorlashda, O‘zbekistonda topologiya maktabini yaratishga katta xissa qo‘shdi. M.Madirimovning ilmiy izlanishlari 1986 yilda nashr qilingan «Razmernost i retraksii v teorii topologicheskix grupp preobrazovaniy» nomli monografiyasida bayon etilgan. Topologiya sohasidagi ilmiy izlanishlarni Musaev Davlatali, Jo‘raev Tursunboy, Beshimov Ro‘zinazar, Zaitov Odilbek, Djabbarov Gayrat, Davletov Davronbek, Ro‘ziev Jalol, Xo‘jaev Alijon va boshqa iqtidorli yoshlar davom ettirdilar. Musaev Davlatali va Beshimov Ro‘zinazar, Zaitov Adilbek (2004 nomzodlik, 2011 yil doktorlik) doktorlik, Jo‘raev Tursunboy, Djabbarov G‘ayrat, Davletov Davron nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Ularning 1990-yillardan keyingi ilmiy-pedagogik faoliyatida O‘zR FAning Matematika instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti matematiklari va MDU ning «Topologiya va oliy geometriya» kafedrasining yordamlari beqiyosdir. 1986 yilda O‘zbekiston matematiklari jamiyatining ko‘chma majlisi matematika fakultetida bo‘lib o‘tdi. Unda akademik T.A.Sarimsoqov, ... qatnashdi.
Minbarda. Prof. M.Ziyoxodjaev, o‘tirganlar: prof. Sh.T.Maqsudov, akademik T.A.Sarimsoqov, f.-m.f.d. prof. T.Jo‘raev
Kafedra qoshidagi “Matematik analizning tanlangan masalalari” to‘garagida (rahbar dos. M.M.Medjitov) bilim olgan talabalar respublika va sobiq ittifoq matematika olimpiadalarida faol qatnashdi. Kafedra professor o‘qituvchilari boshqa oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha faol mehnat qilishdi. Kafedra qoshidagi aspiranturada 1984-2004 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent O‘.T.Toshmetov mudirlik qildi. A.G‘.Xikmatov o‘rta maktab matematika o‘qituvchilari uchun “O‘rta maktabda matematika o‘qitishda ekstremal masalalar” (1970), “Ekstremal masalalar” (1985), “Modulli ifodalar” (1988) kabi o‘quv qo‘llanmalar yaratdiki, ulardan hozirgacha ham talabalar va o‘qituvchilar unumli foydalanib kelishmoqda. O‘rta va oliy maktab uchun yaratgan ilmiy-metodik ishlari uchun Azimjon G‘ulomovichga 1990 yilda sobiq ittifoq OAK tomonidan professor ilmiy unvoni berildi. VM ning1998-yil 24 fevraldagi №77 qaroriga ko‘ra Universitet maqomi berildi va PI uchun tayanch deb belgilandi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach o‘quv miyoriy xujjatlarni davlat tilida yaratishdek dolzarb muammo vujudga keldi. Bu borada ham kafedra a’zolari fidokorona mehnat qildilar. M.M.Medjitov, M.S.Saydamatovlar Analitik funksiyalar nazariyasidan, O‘.T.Toshmetov, M.M.Medjitov, M.M.Madirimov matematika ixtisosliklari uchun Matematik analizdan, E.A.Yo‘ldoshev, K.O.Jumaniyozovlar fizika, fizika-astronomiya ixtisosliklari uchun Matematik analizdan, E.A.Yo‘ldoshev fizika ixtisosliklari uchun namunaviy o‘quv dasturlarini yaratishdi. Sh.T.Sharifova, E.A.Yo‘ldoshev «Matematik analizdan misol va masalalar yechish uchun qo‘llanma» (1-qism) o‘quv qo‘llanmasini nashr qildirdilar.(1996 y.) Kafedra a’zolari Yodgorov Nurmuhammad, Turg‘unboev Riskeldi, Zaitov Odilbek va boshqalar akademik Sh.A.Ayupov rahbarligida algebra va analizning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar. N.Yodgorov 1989 yilda «Stroenie i klassifikatsiya uporyadochennыx banaxovыx prostranstv i vыpuklыx mnojestv» mavzusida, R.Turg‘unboev 1998 yilda «Nearximedovы gilbertovы prostranstva i S*-algebrы» mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Kafedra mudiri O‘.Toshmetov tashabbusi bilan maxsus kurslarni o‘qishga O‘zRFA Matematika instituti ilmiy hodimlari, ToshDU professor o‘qituvchilari taklif etildi. Shulardan biri Sh.A.Ayupov bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilari uchun ilk bor funksional analizdan maxsus kurs o‘qidi. Shu ma’ruzalarni eshitgan talabalar M.Ibragimov va K.Xudayberganovlar shu yo‘nalishda Sh.A.Ayupov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bordi. M.Ibragimov 2000 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, K.Xudoyberganov 2002 yilda nomzodlik, 2008 yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Qoshnazarov R. (1993) 1994-1995 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fizika-matematika va kimyo-biologiya yo‘nalishlari bo‘yicha beriladigan davlat stipendiyasining sohibi dotsent M.Madirimov rahbarligidagi talaba A.A.Zoitov (hozirda f.-m.f.d., TAQI oliy matematika kafedrasi mudiri) olgan edi. O‘zR OO‘MTV “Bakalavriat va magistratura bosqichlariga tegishli me’yoriy hujjatlarni o‘quv jarayoniga joriy etish to‘g‘risida”gi 1998 yil 30 noyabr 330 sonli buyrug‘ini bajarish bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari dasturlari qayta ishlab chiqildi. Matematika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura fanlarining namunaviy dasturlarini ishlab chiqishda O‘zR FA Matematika instituti hodimlari (Akademik Sh.Farmonov, prof.R.G‘aniho‘jaev, dos.M.Berdiqulov) bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatildi. Funksiyalar nazariyasi, Matematik analizning qo‘shimcha boblari, Normalangan algebralar, yarimmaydonlar nazariyasi kabi fanlarning dasturlari ishlab chiqildi, ular ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga taklif qilindi. Magistratura bo‘yicha o‘quv-metodik majmua yaratildi. Kafedraning ilk magistrlaridan G‘.Djabbarov hozirda f.-m.f.n., fakultet dekani lavozimida ishlamoqda, B.Safarov Toshkent davlat agrar universitetida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, kafedra magistraturasida f.-m.f.d. prof. B.Shodimetov rahbarligida ilmiy ish boshlab, O‘zR FA Matematika instituti aspiranturasida ham ilmiy izlanishlarini davom ettirdi va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Hozirda TDJTU da faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu davrlarda baholashning reyting tizimiga o‘tish, yakuniy baholash yozma ish usulini tatbiq etish bo‘yicha bir qator metodik ishlar amalga oshirildi.
2000 yillarda kafedra a’zolari: 1 qator chapdan o‘nga dotsent EA.Yuldoshev, dotsent K.Karasheva, kafedra mudiri dotsent O‘.Toshmetov, dotsent T.Sharifova, dotsent M.Madirimov; 2 qatorda chapdan o‘nga katta o‘qituvchi R.Qoshnazarov, f.-m.f.n. R.M.Turgunbaev, katta o‘qituvchi K.A.Jumaniyozov, f.-m.f.n. E.M.Saydamatov, katta o‘qituvchi O.Zoitov “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2001 yil 16 avgust 343-son qarori ijrosi bo‘yicha ham e’tiborga loyiq ishlar bajarildi. “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so‘ng bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini, fan dasturlarini o‘zbek tilida ishlab chiqish bo‘yicha 1987-1999 yillarda fakultet dekani bo‘lib ishlagan dotsent M.Madirimov rahbarligida ulkan ishlar olib borildi. Yangi ta’lim yo‘nalishlarini me’riy xujjatlar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqildi. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha fan dasturlari bilan bir qatorda ma’ruza matnlari yozib tugatildi. Keyinchalik bu materiallar o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar uchun asos bo‘lib xizmat qildi. O‘.T.Toshmetov, R.Turgunbaev, E.M.Saydamatov, E.A.Yo‘ldoshev, K.K.Karasheva, K.O.Jumaniyozovlar matematik analizning butun kursi bo‘yicha ma’ruzalar matnlari (2001 y.), M.M.Madirimov, R.M.Turg‘unboevlar Funksiyalar nazariyasidan ma’ruzalar matnlari (2001 y.), R.M.Turg‘unboev Analitik funksiyalar nazariyasidan misol va masalalar yechish uchun qo‘llanma (2004 y.) nashr qilindi. Respublikamizda qabul qilingan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish konsepsiyasi bo‘yicha kafedrada katta hajmdagi ishlar olib borildi. Bunda 2004 yilda “Funksiyalar nazariyasi” (Sh.A.Ayupov, M.A.Berdiqulov, R.M.Turgunbaev) darsligi, 2008 yillarda “Funksional analizga kirish” (Sh.A.Ayupov, M.A.Berdiqulov, R.M.Turgunbaev) o‘quv qo‘llanma, “Matematik analiz. 1-qism” (O‘.Toshmetov, R.M.Turgunbaev, E.M.Saydamatov) darslik (2008 y), “Matematik analiz. 2-qism” (R.M.Turgunbaev) darslik (2008y), “Differensial tenglamalardan misol va masalalar yechish” (R.M.Turgunbaev, Sh. ,O.Abdullaev) o‘quv qo‘llanma (2007 y), fizika ta’lim yo‘nalishi uchun Matematik analiz (M.Xushvaqtov) o‘quv qo‘llanma (2010) nashrdan chiqarildi. 2004 yilda kafedraga O‘zR Fa Matematika institutining katta ilmiy hodimi, f.-m.f.d. B.Islomov ishga taklif qilindi. U kafedrada xususiy hosilali differensial tenglamalar bo‘yicha ilmiy seminar tashkil qildi. Bu seminarda tahsil olgan talabalarni aspiranturalarga jalb etildi. Kafedrani yoshartirish va ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida kafedraga dos.A.M.Nagornыy, O.Abdullaev, f.-m.f.n. N.Parpievalar taklif etildi. O.Abdullaev “Kraevыe zadachi dlya uravneniya tretego poryadka elliptiko-giperbolicheskogo tipa v dvusvyaznoy oblasti” mavzusida 2006 yil 22 martda prof. B.Islomov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2007 yil 12 dekabrda Ochilova “Kraevыe zadachi dlya uravneniya parabolo-giperbolicheskogo tipa s dvumya vnutrennimi liniyami i razlichiyami poryadkami vыrojdeniya” nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi. B.Islomov o‘z shogirdlari bilan birgalikda 2007-2011 yillarda OT-F1-045 raqamli fundamental loyiha “Uchinchi tartibli aralash tipdagi yuklangan tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” bo‘yicha ishlar olib bordilar. Loyiha bo‘yicha B.Islomov rahbarligida ikkita nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi ( U.I.Boltaeva (2008), Z.X.Madraximova (2010)). Shu loyiha asosida M.S.Salohiddinov, B.I.Islomov bitta monografiya “Uravneniya smeщennogo tipa s dvumya liniyami vыrajdeniya” (2010), “Matematik fizika tenglamalari fanidan masalalar to‘plami” (2010), Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun “Matematika. Algebra. I-qism” o‘quv qo‘llanmasini nashr ettirdi. Horijiy va respublika nashrlarida 39 ta maqolalar chop ettirdi. Loyiha doirasida olingan natijalar 11 ta xalqaro va respublika simpozium va anjumanlarida ma’ruza qilindi. Mustaqillik sharofati bilan 2007 yil 20 sentyabrdan 19 dekabrgacha kafedra a’zosi f.-m.f.n. N.Parpieva Italiyaning Tries shahrida joylashgan mashxur Abdusalom nomidagi nazariy fizika bo‘yicha xalqaro markazida malaka oshirib keldi. 2009 yil mart oyida dotsent R.M.Turgunbaev Berlin shahrida malaka oshirishda bo‘ldi. Kafedra a’zolari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha jonbozlik ko‘rsatdilar. Kafedra dotsenti (2004-2006 fakultet dekani vazifasini bajaruvchi) E.M.Saydamatov rahbarligida akademik litseylarning rus guruhlari uchun “Algebra i osnovы matematicheskogo analiza” nomli 2 qismli darslik yaratilda va bugungi kunda akademik litseylar uchun asosiy adabiyot sifatida qo‘llanilmoqda. Kafedra dotsenti R.M.Turgunbaev maslakdoshlari I.Allamberganov, Sh.Abduraxmonova, magistrlari J.Toirov, Sh.Abdievalar bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida matematika o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy izlanishlar orib bordi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun “Kompleks sonlar metodi” (2010), “Ketma-ketliklar” (2010), “Matematik analizning asosiy tushunchalarini o‘qitishda grafikga oid masalalardan foydalanish” (2011), “Urinmaga doir masalalar” (2011), “Limitlar nazariyasi” (2011), “Matematikani faoliyatli yondashuv asosida o‘qitishning didaktik asoslari” (2012) metodik qo‘llanmalar, Ziyonet portaliga “«Algebra va matematik analiz asoslari» fani «Conli ketma-ketliklar va ularning limiti» bo‘limidan ta’lim texnologiyasi”, “«Algebra va matematik analiz asoslari» fani «Funksiyaning limiti va uzluksizligi» bo‘limidan ta’lim texnologiyasi”, “«Algebra va matematik analiz asoslari» fani «Integral» bo‘limidan ta’lim texnologiyasi” uslubiy qo‘llanmalar joylashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012 yil 28 may, PQ-1761-son qarorini bajarish bo‘yicha tashkil etilgan ishlarda faol qatnashmoqda. Kafedra dotsentlari R.M.Turgunbaev va N.Parpievalar kasb-hunar kollejlari “Matematika” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda faol qatnashdi. Kafedra a’zolari 2000 yildan 2010 yillar orasida an’anaviy holda o‘tkazilgan Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida matematika, informatika va informatika fanlarini o‘qitishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan respublika ilmiy amaliy konferensiyalarida faol qatnashishdi. Bunda kafedra a’zolari 100 ortiq maqola va tezislar, ma’ruzalar bilan qatnashishdi. Turli davrlarda kasb-hunar va akademik litseylarda kafedraning filiallari faoliyat ko‘rsatdi. Bugungi kunda TDPU qoshidagi akademik litseyda kafedraning filiali mavjud bo‘lib, bunda kafedra katta o‘qituvchisi R.Qoshnazarov rahbarlik qilmoqda. ... tadbirlar o‘tkazildi. 200 akademik Sh.Farmonov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent M.Xushvaqtov mudirlik qilishdi. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent R.Turg‘unboev kafedraga 2006-2010 yillarda mudirlik qildi. 2010-2011 yillarda universitet professori M.Madirimov mudirlik qilishdi. 2010 yil 23-24 aprelda fakultet dekani vazifasini bajaruvchi R.M.Turgunbaev, professor O‘.Toshmetov, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi M.Madirimovlarning tashabbusi bilan “Matematik analiz” kafedrasi tashkil topganligiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan “Hozirgi zamon matematikasi va uni o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazildi. Konferensiya ishida respublikada matematika fani rivojiga katta hissa qo‘shayotgan olimlardan akademik Sh.A.Ayupov, akademik Sh.Q.Farmonov, professorlar G.Xuloyberganov, professor R.N.Ganixo‘jaev, professor B.Shoimqulovlar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli talabalar qatnashdilar. Konferensiyaga ilgari kafedrada faoliyat ko‘rsatgan keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlar taklif qilindi, e’zozlandi. Konferensiya o‘z ishini 3 ta yo‘nalish bo‘yicha olib bordi: 1. Matematikaning fundamental yo‘nalishlari dolzarb muammolari. 2. Matematika va informatika o‘qituvchilarini tayyorlashning dolzarb masalalari. 3. Oliy ta’lim muassasalarida matematika o‘qitish texnologiyalari.
Konferensiya ochilishida prof. M.Madirimov ma’ruza qilmoqda Bundan tashqari konferensiya mobaynida “Barkamol avlod yili” davlat dasturidan kelib chiqadigan vazifalardan – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mavjud DTS, o‘quv reja va ishchi o‘quv rejalarni takomillashtirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Konferensiya materiallari ikki qismda nashr qilingan. Birinchi qismida matematikaning fundamental yo‘nalishlari bo‘yicha 58 nomdagi ilmiy maqolalar chop etilgan bo‘lsa, ikkinchi qism oliy ta’lim muasssalarida matematika va informatika o‘qituvchilarini tayyorlash muammolaribo‘yicha jami 117 nomdagi ilmiy maqolalar chop etilgan.
Matematikaning fundamental yo‘nalishlari dolzarb muammolari sho‘basida
Oliy ta’lim muassasalarida matematika o‘qitish texnologiyalari sho‘basi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1533-sonli Qaroriga muvofiq tayyorlangan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoridagi ta’lim yo‘nalishlari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish borasida quyidag darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi: Kafedra a’zolari R.M.Turgunbaev va N.T.Parpieva O‘zR FA akademigi Sh.O‘.Farmonov va dotsent L.Sharipova bilan hamkorlikda “Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika” (2012) darsligi, R.Turgunbaev, M.Madirimovlar O‘.Toshmetov va E.Saydamatovlar bilan hammualliflikda “Matematik analiz. 1-qism” (2015) darsligi, R.M.Turgunbaev UzR FA akademigi Sh.A.Ayupov va dotsent M.Berdiqulovlar bilan hamkorlikda “Matematik analiz. Funksional analizga kirish” (2014) nomli o‘quv qo‘llanma, R.Turgunbaev qozoq tilida “Matematikalыq analiz. 1-tom” (2014) o‘quv qo‘llanmasini, J.O.Taxirov “Matematik fizika tenglamalari” o‘quv qo‘llanma nashr qildilar. Kafedra dotsenti N.Parpieva, dotsent A.M.Nagornqy, dotsent R.M.Turgunbaev, katta o‘qituvchilari R.Qoshnazarov, I.Raximovlar kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim uchun metodik ko‘rsatmalar nashr qildilar. Kafedra viloyat pedagogika institutlari hodimlari va boshqa oliy ta’lim muassasalari prof.o‘qituvchilar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar, o‘quv adabiyotlarini yaratish ustida ham ishlar olib bordi. Xususan dotsent R.M.Turgunbaev 2009yilda ToshVDPI dotsenti Sh.Ismoilov, o‘qituvchi L.Eshonchaeva bilan hamkorlikda “Maple da matematik masalalarni yechish metodlari”, NavDPI katta o‘qituvchisi T.Norchaev bilan hamkorlikda 2010 yilda “Bitiruv malakaviy ishni bajarish va himoya qilish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar”, 2012 yilda qozoq tilida “Matematikalыq analiz. Differensialdыq yesepteu» metodik qo‘llanmalarni chop ettirdi. Kafedra dotsenti R.M.Turgunbaev FarDU katta o‘qituvchisi T.Bakirov, QarDU katta o‘qituvchisi M.Jo‘raeva, QDU katta o‘qituvchisi I.Allambergenovlar bilan hamkorlikda Oliy ta’limda matematik analizni o‘qitish nazariyasi va metodikasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2011 2012 o‘quv yilida Universitetning boshqa fakultetlarida o‘qitiladigan “Oliy matematika”, “Oliy matematika asoslari” fanlarining matematik analiz kafedrasiga o‘tkazilishi munosabati bilan kafedraga yangi a’zolar Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasidan universitet professori p.f.n. O.Musurmonov, universitet professori t.f.n. R.Yorqulov, p.f.n. G.G‘oyibnazarova, o‘qituvchi A.Latipova, “boshlang‘ich ta’limda ” katta o‘qituvchilar L.O‘rinboeva, N.Qudratova, Sh.M o‘qituvchilar qo‘shildi. Shuningdek, yosh mutaxassislar f.-m.f.n. D.Boytillaev, Azamat, f.-m.f.n. Yodgorov Dotsent R.Madraximov, M.Nurillaevlar ishga qabul qilindi 2011-2012 yillarda kafedraga f. –m.f.d. professor J.O.Taxirov mudirlik qildi. 2012-2013 o‘quv yili boshlarida universitet kafedralarini tuzilishini qayta ko‘rib chiqish munosabati bilan kafedra fanlari soni ko‘paydi va kafedraga a’zolari ham ko‘paydi (sht.). yangi yosh iqtidorli kadrlar kelib qo‘shildi. Kafedra a’zolari universitetdagi x ta’lim yo‘nalishlaridan u tasiga matematik analiz, ENVMS, oliy matematika va oliy matematika asoslari, x mutaxassisliklardan u tasiga fanlardan mashg‘ulotlar olib boradi. Kafedra a’zolari ilmiy yo‘nalishlari So‘ngi uch yilda erishilgan yutuqlar: Kafedraning tarixiy an’analarga sodiq qolgan bugungi jamoasi «Ta’lim haqida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da oliy o‘quv yurtlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli bajarish borasida fidokorona mehnat qilmoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada f. -m.f.n. D.Boytillaev mudirlik qilmoqda. Kafedra a’zolaridan ko‘pchiligi Xukumat mukofotlariga sazovor bo‘lishgan. Jumladan, M.S.Saydamatov 2 marta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan, u xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.T.Turdiev SSSR va O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi, A.G‘.Hikmatov “xalq ta’limi a’lochisi”, “Mehnat faxriysi”, “Mehnat shuxrati”, “Qori-Niyoziy” medallari sohibi, D.V.Manevich 12 ta orden va medallar sohibi, xalq maorifi a’lochisi, ikkinchi jahon urushida fashistlar ustidan g‘alabaning 20 yilligi medali sohibi, M.M.Madirimov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.Sh.Sharifova Qori Niyoziy medali sohibi, M.M.Medjitov, O‘.T.Toshmetov, K.K.Karasheva, E.A.Yo‘ldoshevlar Respublika xalq maorifi a’lochilaridir.
1986 yillar. Kafedra a’zolari dos. D.V.Manevich (chapdan ikkinchi), dos. M.Madirimov, dos. K.Karasheva (o‘ngdan beshinchi va to‘rtinchi) sport musobaqalarida
M.Ibragimovning O‘zMU dagi himoya kengashidan keyingi
Guruh murabbiysi prof. O‘.Toshmetov kafedra "Matematika o'qitish metodikasi" bakalavriat ta'lim yo'nalishi DTS va o'quv fanlari dasturlarini yaratishda faol ishtirok etmoqda.