Matematika va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi

Davlatimizda bizga berilayotgan imkoniyatlardan biri ilmiy salohiyatni yaxshilash sharoitidir. Bunday imkoniyatdan foyalanish uchun kafedramiz a’zolaridan J.Saparboyev, B.Alimovlar PhD olish uchun imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirib kelishdi. 2017-2018 o’quv yilining o’zida Matematika o’qitish metodikasidan, matematikadan  misol va masalalar yechish metodikasidan o’quv va metodik qo’llanmalar nashr qilinib talabalarga yetkazildi. 

Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi 1961-yilda Toshkent Davlat Pedagogika institutining matematika fakulteti tarkibida tashkil etilgan bo‘lib,1961-1967-yillarda dotsent R.K.Otajonov, 1971-1976 yillarda dotsent S.Axmedov, 1976-1987-yillarda dotsent N.Sherboyev, 1987-1992 yillarda dotsent I.Gaysinskaya, 1992-1998 yillarda professor T.Tolaganovlar rahbarlik qilishgan. Kafedra tarkibida professor-o‘qituvchilardan D.V.Manevich, M.Tojiyev, S.Jalolov, A.Mirsolixov,M.Xayitmurodov, I.Ermekbayev, Sh.Mirxamidov, O.Xudoyberganov, A.Karimova, N.Eshpo‘latov, A.Soatov, M.Bo‘riboyev, A.Yunusov, M.Rayemov, F. Saydaliyeva, X.Botirov, R.Sultonova, X.Nurbekova, Z.Soatova, S.Kim, M.Rosovskaya, A.Karimova, T.Shamshina, Q.Jumaniyozovlar Matematika o‘qitish metodikasi, Matematikadan praktikum, Maktab matematikasi, Matematika tarixi kabi fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borishgan.

Ustoz R.K.Otajonov 1905-yil 5-mayda Farg‘ona rayonining Chimyon qishlog‘ida tavallud topgan.

R.K.Otajonovning prof. A.S.Smogorjevskiy bilan ilmiy aloqalari fizika – matematika fakulteti bilan T.Shevchenko nomli Kiyev davlat universitetining geometriya kafedrasi o‘rtasida o‘zaro foydali bo‘lgan ilmiy – amaliy hamkorlikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. O‘tgan asrning 60 – 70 yillarida ustozdan geometriya fani bo‘yicha tahsil olgan fakultetning yosh iqtidorli o‘qituvchilari N.Dadajonov, R.Yunusmetov, X.Nazarov, M.Sherqo‘ziyev, P.Adilov, R.Ismatullayev Kiyev davlat universiteti va muhandislik – qurilish instituti aspiranturalarida ilmiy – tadqiqot ishlari olib borishdi hamda nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Fakultetda geometriya fani bo‘yicha ilmiy darajali professor – o‘qituvchilarning ko‘payishi 1975-yilda alohida geometriya kafedrasining tashkil topilishiga olib keldi va bu kafedraga 1988- yilgacha N.Dadajonov mudirlik qildi.

R.K.Otajonov 1961 – 1967 yillar oralig‘ida fakultetning dastlabki kafedralaridan bo‘lgan matematika o‘qitish metodikasi kafedrasiga mudirlik qilgan. Kafedra matematika o‘qitish metodikasi, elementar matematika, matematika tarixi bo‘yicha asosiy kurslarni o‘qishni va talabalarning pedagogik amaliyotini tashkil qilishni ta’minlagan. Kafedra a’zolarining ko‘pchiligi katta pedagogik tajribaga ega bo‘lgan o‘qitish metodikasi va matematika tarixi sohalarida ko‘plab o‘quv adabiyotlari yaratgan olimlar edi. Bizning avlod ulardan R.K.Otajonov, S.A,Ahmedov, A.Xudoyberganov, N.M.Gaysinskaya, A.M.Mirsalixov, Sh.Mirhamidov, V.J.Ikromova, T.A.A’zamov, R.Sultonova kabi mehribon ustozlarimizni chuqur hurmat va ehtirom bilan xotirlaymiz.

Shu kafedrada ishlagan T.Tolaganov 1975-yili «Masala yеchish bo‘yicha praktikum kursining mazmuni va uni o‘qitish metodikasi» mavzusida Pereldik Aleksandr Lvovich rahbarligidanomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va 1980-yili matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti ilmiy unvoniga tasdiqlangan. 1989-yili T.R.Tolaganov «Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning matematik tayyorgarligining nazariy va amaliy asoslari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Professor T.R.Tolaganov pedagogika, fizika-matematika fanlarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi bilan qiziquvchi yoshlar orasida katta ish olib boradi, aspirantlar va doktorantlarga rahbarlik qiladi. Professor T.R.Tolaganov o‘zining ilmiy maktabini yaratdi. Uning rahbarligida 10 dan ortiq kishi pedagogika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, pedagogika bo‘yicha bitta doktorlik dissertatsiyasiga esa ilmiy maslahatchi bo‘lgan. Professor T.R.Tolaganov Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi tabiiy fanlarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini beradigan ixtisoslashgan Kengash raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, dotsent S.A.Axmedov – «O‘rta Osiyoda arifmetika o‘qitish tarixidan» (1977 y.), Z.Otajonova «Beruniy asarlarida maktab bop masalalar» (1975 y.) N.Axmedova «O‘rta Osiyoda arifmetika o‘qitish tarixi» (1991-y.) T.R.To‘laganov «Elementar matematika» (1985-y.), «Uchburchak geometriyasi» (1996-y.). T.R.To‘laganov va A.A.Normatov – «Matematikadan praktikum» (1989-y) talabalar uchun qo‘llanmalarni yaratdilar.

N.Dodajanov o‘z faoliyati davomida fakultet dekani, 1975-1986 yillarda fakultetdagi “Geometriya” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.

Nazarov Hamidilla 1973-yili Kiyev Davlat universiteti qoshidagi xorijiy tillarni o‘rganish fakultetini tugalladi. To‘rt yil Jazoirning neft, gaz va ximiya institutida professorlik vazifasida ishlab, talabalarga oliy matematikadan ma’ruzalar o‘qiydi. Horijdan qaytgandan so‘ng geometriya kafedrasining dotsenti, 10 yil davomida fakultet dekani, 1987-1991 yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, 1991-1993 yillarda geometriya kafedrasining mudiri lavozimlarida ishlaydi.

«Algebra va sonlar nazariyasi» kafedrasi - 1975-yilda tashkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimida A. Do‘sumbetov (1975-1981yy) Sh.T. Maqsudov (1981-1987y), B. Toshpo‘latov (1987-1995yy) larda ishlaganlar. Ular bilan birga kafedrada prof. S.Afonina, dotsentlar S.Jalolov, A.Mirsolixov, B.Yagudaev, T.Yokubov, O.Musurmonov, A.Yunusov, D.Yunusova, R.Yorkulov, A.Qulmatov, B.Yagudaev, O.Raxmatullaev. R.Madraximov, o‘qituvchilardan, X.Botirov, M.Bo‘riboyev, R.Komiljonova, X.Nurbekova, Z.Soatova, S.Yodgorov, S.Kim va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan.

Shermat Maqsudov 1909-yilda Chimkent shaxrida oddiy kosib oilasida dunyoga kelgan. Dastlab Chimkent shaxridagi maktabda ta’lim olgan. 1922-yilda Toshkent pedagogika texnikumiga o‘qishga kirgan. O‘qishni tugatgach Pedagogika akademiyasini o‘zida ishlashga qoldiriladi.Fizika – matematika fakultetining matematika kafedrasiga asisent qilib olingan. Shu tariqa Shermat Toshmatovich akademiyada birinchi marta o‘zbek tilida oliy matematikadan dars bera boshladi.

U 1934-yilda O‘zbekiston Davlat universiteti huzuridagi aspiranturaga kiradi. Shunday qilib Shermat Maqsudov 1935-yildan Toshkent birlashgan davlat pedagogika va o‘qituvchilar inistitutining fizika – matematika fakultetida ishlay boshlagan. 1951 – 1955 yillarda Buxoro pedagogika inistituti rektori bo‘lib ishlaydi. 1955-yilda Inistitutimizga qaytib kelib pensiyaga chiqunga qadar “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasiga mudirlik qiladi. Shermat Maqsudov “Integral tenglama elementlari”, “Analitik funksiyalar nazariyasidan mashqlar” kabi darslik va qo‘llanmalar muallifi sifatida ham tanilgan.

Bundan tashqari akademiklar S.Sirojiddinov va Salohiddinovlar bilan hamkorlikda inistitutlar uchun “kompleks o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasidan” qo‘llanma yaratdi.

Baxodir Toshpo‘latov 1987-1995 yillarda fakultetdagi “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasining mudiri bo‘lib ishlaydi. 1995-yili “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasi bilan “Geometriya” kafedrasi birlashtirilib, “Umumiy matematika” kafedrasi tashkil etilganidan keyin ana shu yangi kafedraga mudir bo‘ldi.

1995-yili “Algebra va sonlar nazariyasi” kafedrasi bilan “Geometriya” kafedrasi birlashtirilib, “Umumiy matematika” kafedrasi tashkil etilib bu kafedraga dotsent B.Toshpo‘latov (1995-1998yy) rahbarlik qiladi.

1998-yilda “Matematika o‘qitish metodikasi” va “Umumiy matematika” kafedralarini birlashtirilib “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil qilindi. Yangi tashkil qilingan kafedraga 1998-2002 yillar pedagogika fanlari doktori, professor T.R.To‘laganov, 2002-2003 yillar pedagogika fanlari nomzodi A.A.Normatov, 2003-2004 yillar akademik Sh.K.Farmonov, 2004-2006 yillarda dotsent D.Yunusova 2007-2010 yillarda universitet professori A.Musurmonov, 2010-2011 yillar f.-m.f.n. D.Davletovlar, 2011-2015yillarda f.m.f.d., professor R.Beshimov kafedraga rahbarlik qildi.

2015-yilda Matematik analiz va Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedralari negizida Matematika o‘qitish metodikasi va Umumiy matematika kafedralari tashkil qilindi. Matematika o‘qitish metodikasikafedrasiga D.Davletov mudirlik qilmoqda.

Hozirda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar: f.-m.f.n. D. Davletov, p.f.n. dotsent M. Barakaev, p.f.n. Q. Jumaniyozov, p.f.n. G. G‘oyibnazarova, A.Akmalov(o’rindosh), katta o‘qituvchilar G. Adilova, L. O‘rinboyeva, A. Latipova, J. Saparboyev, o‘qituvchilar M. Mamatqulova, B. Alimov.

Kafedramiz professor-o‘qituvchilari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqdalar:

- Oliy ta’limda matematika o‘qitishning muammolari;

- O‘rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika o‘qitishning muammolari;

- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika o‘qitishning muammolari.

Kafedrada G. G‘oyibnazarova “Matematika” nomli, M.Mamatqulova “Matematika o‘qituvchisining innovatsion faoliyatining nazariy va amaliy asoslari”, L.Urinboyeva “Matematikaning sehrli olami”, D.Davletov Elementar geometriyadan qiziqarli masalalar yechish, J.Saparboyev “Shaxmat va shashka” nomli to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. To‘garak natijalari kafedramiz tomonidan har yili iqtidorli talabalar maqolalari to‘plami ko‘rinishida chop ettirilmoqda. Fakultet va universitet miqyosida o‘tkaziladigan shashka-shaxmat(sport) to‘garaklarida faxrli o‘rinlarni olib kelishmoqda. Iqtidorli talabalarimiz matematika o‘qitish metodikasi fanidan o‘tkazilgan Universitet bosqichida ham, respublika bosqichida ham faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Kafedramiz a’zolari murabbiylik qilayotgan 302-guruhi umumiy pedagogika tanlovida g‘olib bo‘lishdi va faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.


Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi 1961-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining matematika fakulteti tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, 1961-1967-yillarda dotsent R.K.Otajonov, 1971-1976-yillarda dotsent S.Axmedov, 1976-1987-yillarda dotsent N.Sherboyev, 1987-1992-yillarda dotsent I.Gaysinskaya, 1992-1998-yillarda professor T.Tolaganovlar rahbarlik qilishgan. Kafedra tarkibida professor-o‘qituvchilardan D.V.Manevich, M.Tojiyev,S.Jalolov, A.Mirsolixov,M.Xayitmurodov, I.Ermekbayev, Sh.Mirxamidov,O.Xudoyberganov, A.Karimova, N.Eshpo‘latov, A.Soatov, M.Bo‘riboyev, A.Yunusov, M.Raemov, F.Saydaliyeva, X.Botirov, R.Sultonova, X.Nurbekova, Z.Soatova, S.Kim, M.Rosovskaya, A.Karimova, T.Shamshina, Q.Jumaniyozovlar Matematika o‘qitish metodikasi, Matematikadan praktikum, Maktab matematikasi, Matematika tarixi kabi fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borishgan.
R.K.Otajonov 1961-1967-yillar oralig‘ida fakultetning dastlabki kafedralaridan bo‘lgan matematika o‘qitish metodikasi kafedrasiga mudirlik qilgan. Kafedra matematika o‘qitish metodikasi, elementar matematika, matematika tarixi bo‘yicha asosiy kurslarni o‘qishni va talabalarning pedagogik amaliyotini tashkil qilishni ta’minlagan. Fakultetda geometriya fani bo‘yicha ilmiy darajali professor – o‘qituvchilarning ko‘payishi 1975-yilda alohida geometriya kafedrasining tashkil topilishiga olib keldi va bu kafedraga 1988-yilgacha N.Dadajonov mudirlik qildi.
Kafedra a’zolarining ko‘pchiligi katta pedagogik tajribaga ega bo‘lgan o‘qitish metodikasi va matematika tarixi sohalarida ko‘plab o‘quv adabiyotlari yaratgan olimlar edi. Bizning avlod ulardan R.K.Otajonov, S.A,Ahmedov, A.Xudoyberganov, N.M.Gaysinskaya, A.M.Mirsalixov, Sh.Mirhamidov, V.J.Ikromova, T.A.A’zamov, R.Sultonova kabi mehribon ustozlarimizni chuqur hurmat va ehtirom bilan xotirlaymiz.
Nazarov Hamidilla 1973-yili Kiev Davlat universiteti qoshidagi xorijiy tillarni o‘rganish fakultetini tugalladi. To‘rt yil Jazoirning neft, gaz va ximiya institutida professorlik vazifasida ishlab, talabalarga oliy matematikadan ma’ruzalar o‘qiydi. Xorijdan qaytgandan so‘ng geometriya kafedrasining dotsenti, 10 yil davomida fakultet dekani, 1987-1991-yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, 1991-1993-yillarda geometriya kafedrasining mudiri lavozimlarida ishlaydi.
«Algebra va sonlar nazariyasi» kafedrasi – 1975-yilda tashkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimida A. Do‘sumbetov (1975-1981yy) Sh.T. Maqsudov (1981-1987yy ), B. Toshpo‘latov (1987-1995yy) larda ishlaganlar. Ular bilan birga kafedrada prof. S.Afonina, dotsentlar S.Jalolov, A.Mirsolixov, T.Yokubov, O.Musurmonov, A.Yunusov, D.Yunusova, R.Yorkulov, A.Qulmatov, B.Yagudayev, O.Raxmatullayev. R.Madraximov, o‘qituvchilardan, X.Botirov, M.Bo‘riboyev, R.Komiljonova, X.Nurbekova, Z.Soatova, S.Yodgorov, S.Kim va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan.
1995-yili Algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi bilan Geometriya kafedrasi birlashtirilib, Umumiy matematika kafedrasi tashkil etilib bu kafedraga dotsent B.Toshpo‘latov (1995-1998yy) rahbarlik qiladi.
1998-yilda Matematika o‘qitish metodikasi va Umumiy matematika kafedralarini birlashtirilib Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi tashkil qilindi. Yangi tashkil qilingan kafedraga 1998-2002-yillar pedagogika fanlari doktori, professor T.R.To‘laganov, 2002-2003-yillar pedagogika fanlari nomzodi A.A.Normatov, 2003-2004-yillar akademik Sh.K.Farmonov, 2004-2006-yillarda dotsent D.Yunusova 2007-2010-yillarda universitet professori A.Musurmonov, 2010-2011-yillar f.-m.f.n. D.Davletovlar, 2011-yildan hozirgi kungacha f.m.f.d., professor R.Beshimov kafedraga rahbarlik qilib keldi.
2018-yil sentabr oyidan boshlab kafedra nomi Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasiga o’zgartirildi. Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasiga A.Akmalov mudirlik qilmoqda.
Hozirda kafedra 11 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar: p.f.n. A.Akmalov, professor p.f.d. D.Yunusova, p.f.n. dotsent M. Barakaev, p.f.n. Q. Jumaniyozov, p.f.n. G. G`oyibnazarova, katta o`qituvchilar G. Adilova, L. O’rinboyeva, A. Latipova, J. Saparboyev, o`qituvchilar M. Mamatqulova, B. Alimovlar.

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
- professor-o‘qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;
- yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
- davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning rivojlangan horijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;
- turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;
- o‘quv adabiyotlarini tayyorlash hamda o‘quv adabiyotlariga xulosalar berish;
- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- talabalar bilimini xolis va obyektiv baholanishini ta’minlash va nazorat qilish;
- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshqa xalqaro va respublika miqyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash;
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedogogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh professor-o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;
- o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;
- universitet bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorant bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
- universitet axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirilib borilishi va yangilanishini doimiy monitoring qilish;
- ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
- ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama etish;
- professor-o‘qituvchilarning tizimli ravishda respublika va xorijda malakasini oshirib borishini ta’minlash;
- fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;
- tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqishga joriy etishga ko‘maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi
N I Z O M I
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq Nizomiy nomidagi TDPU Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom Nizomiy nomidagi TDPU uchun tavsiyaviy xususiyatga ega. Matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi “Fizika - matematika” fakultetining tarkibiy qismi hisoblanadi. Kafedrada bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
2. Kafedra tarkibiga pedagog xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajerlardan tashqari stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, shuningdek, injener-texnik va o‘quv-yordamchi xodimlar kiradi.
3. Nizomiy nomidagi TDPU kafedraning professor-o‘qituvchilarini «Ta’lim muassasalariga pedagogik xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi.
4. Kafedra o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni ta’minlovchi o‘quv va ilmiy laboratoriyalarga, kabinetlarga, markazlarga va boshqa bo‘linmalarga ega bo‘lishi mumkin.
5. “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi buyurtmachilari bo‘lgan korxona yoki tashkilotlar hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan foydalanishi mumkin.
Kafedra filiali faoliyati tegishli Nizom asosida tashkil etiladi.
II. Kafedrani tashkil etish va boshqarish
6. Kafedra, kamida yettita o‘qituvchi mavjud bo‘lib, ularning biri, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga va kamida ikkitasi fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lganda tashkil etiladi. Bundan istisno holatlar bo‘yicha kafedralarni tashkil etish bo‘ysunishiga ko‘ra tegishli vazirlik yoki idora bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
7. Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita oliy ta’lim muassasasi rektori (o‘quv ishlari prorektori)ga bo‘ysunadi.
8. Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
9. Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan hamda belgilangan tartibda tanlovdan o‘tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.
III. Kafedra mudirining vazifalari
10. Kafedra mudirining shaxsiy rejasi oliy ta’lim muassasasining rektori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
11. Kafedra mudiri:
- Nizomiy nomidagi TDPU miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
- kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
- kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
- kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
- Nizomiy nomidagi TDPU muassasasining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etadi;
- belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi.
IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish
12. Kafedra faoliyati o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
13. Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;
- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
- budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
- Nizomiy nomidagi TDPU muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
- xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
- universitet axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.
14. Kafedrada quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:
- o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni qamrab olgan ish rejalari;
- talabalarda vatanparvarlik, o‘z vatani bilan faxrlanish, boy milliy an’analarga, xalq merosiga va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish bo‘yicha «Ma’naviyat» markazlari, talabalar turar joylarida o‘tkaziladigan tadbirlar rejalari;
- kafedra fanlari bo‘yicha amaldagi me’yoriy, o‘quv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
- anketa ma’lumotlariga ega bo‘lgan kafedra tarkibining ro‘yxati (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun tadqiqot mavzulari, rahbarlari va tadqiqotning bajarilish muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak);
- majlislar bayonnomalari.





Yuklab olish uchun fayllar

Kafedra mudirining vazifalari
Kafedra mudiri:
- bevosita kafedra faoliyatini tashkil etadi;
- universitet miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
- kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarning shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
- kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
- O‘zRFA ilmiy-tadqiqot institutlari, umumiy o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni o‘rnatadi va muntazam rivojlantirib boradi;
- kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarni yangi lavozimga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi rektoriga takliflar kiritadi;
- universitetning tegishli xizmat bo‘linmalari bilan birgalikda o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlash choralarini ko‘radi;
- belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Kengash majlislarida hisobot beradi.
Kafedra mudirining shaxsiy ish rejasi fakultet dekani yoki universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
Kafedra xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo‘shimcha vazifalar universitet rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.
Kafedra faoliyatini tashkil etish
Kafedra faoliyati o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy o‘quv yili bo‘yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga fakultet dekani boshqa kafedralardan va universitetdan xodimlar taklif etilishi mumkin.
Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy hujjat hisoblanib, u o‘z ichiga o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, qamrab oladi.
Professor-o‘qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o‘tish, lavozimlarga tavsiya etish jarayonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilish darajasi asosiy mezon hisoblanadi.