Fizika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

Fizikasiz Olam juda zimiston, Nurafshon ayladi uni Nyuton, Arximed, Demokrit etdi guliston Ulug`bek yulduzi porlar charag`on!

Hozirgi kunda kafedraning yosh oqituvchilari O.S.Radjapova «Fizika oqituvchilarini tayyorlashda optikadan laboratoriya ishlarini tabaqalashtirishning ilmiy-metodik asoslari», M. SH. Ataeva «Bakalavriat bosqichida optikadan amaliy mashgulotlarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asoslari», T.T.Murodov «Effektы rezonansnogo rasseyaniya nositeley zaryada v poluprovodnikax», SH. Usmanova «Bolgusi fizika oqituvchilarining axborot kompetentligini shakllantirish asoslari», A.M.Tillaboyev «Исследование характеристики и эволюции короналных ярких точек», E.B.Xojanov «Uzluksiz talim tizimida fizika oqitishda ehtimoliy statistik goya va tushunchalarni qollash», M. Tolegenova «Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining fizik va texnik asoslarini oqitishni takomillashtirish» mavzularida doktorlik (PhD)  ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Э.Qalandarov “Uzluksiz ta’lim tizimida qattiq jismlar fizikasiga oid tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish” mavzusida doktorlik (DSc) ishini olib bormoqda.

Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi kafedrasi faoliyati 1935 yil fizika-matematika fakultetida yagona Umumiy fizika kafedrasi tashkil etilishi bilan boshlangan dastlab umumiy fizika, elektrotexnika nazariy fizika fizika o`qitish metodikasi kabi fanlarni o`qitish tashkillashtirilgan.

Ayniqsa, dotsent E. A. Levashevning «Nazariy fizika», B. I. Rusakning «Nazariy mexanika» bo‘limlaridan o‘qigan ma’ruzalari chuqur ilmiyligi bilan ajralib turgan.

1939 yildan boshlab kafedra o‘zbek tilida mashg‘ulot olib boradigan yuqori malakali kadrlar bilan boyitila boshlangan. Bular jumlasiga dotsentlardan K.Abdurashidov, R. N. Mullakandov (1939), S. Umarov (1941), R. Mallin (1942), o‘qituvchi U Orifjonov (1942) va boshqalar kiradi. 1942–1951 yillarda U. Orifjonov umumiy fizika kafedrasida amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. Nashr qilingan ishlari asosida 1973 yilda «dotsent» ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Ilmiy-metodik jurnallar sahifalarida 40 dan ortiq maqolalari nashr qilingan. Bundan tashqari, «Fizikadan olimpiadaga tayyorlanish masalalari to‘plami» (1959), «Fizikadan savol va masalalar to‘plami» (1971) kitoblari nashrdan chiqqan.

Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasidagi ishlari

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi va ularda ko‘rsatilgan vazifalar kafedrada zamon talablari darajasidagi, raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishida tub islohotlar olib borishni taqozo qildi. Respublikamiz ta’lim tizimi va ishlab chiqarishga, o‘qitish metodikasi va nazariyasi hamda fundamental fan sohalarida ilmiy-pedagogik kadrlar etishtirib berishda kafedra professor-o‘qituvchilaring salmoqli hissalari bor. Jumladan, kafedra qoshida o‘qitish nazariyasi va metodikasi (fizika, astronomiya) bo‘yicha ilmiy maktab shakllandi. Uning rahbari va asoschisi p.f.d., professor B. M. Mirzaxmedov hisoblanadi. O‘zbekiston hukumati u kishiga xalq ta’limi tizimidagi salmoqli mehnatlarini hisobga olib, 1985 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvonini berdi. B. M. Mirzaxmedovning ilmiy rahbarligida uzluksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishning turli muammolari bo‘yicha 55 dan ortiq nomzodlik va 5 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Jumladan, 1975 yilda kafedra dotsenti T. Lutfullaeva fizika o‘qitish nazariyasi va metodikasi bo‘yicha «Некоторые вопросы организатсии самостоятелной работы по физике слушателей подготовителных отделений пед.ВУЗов» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi bo‘lgan.

1994 yilda kafedra dotsenti T. Rizaev «Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining fizikani o‘rganishga qiziqishlarini shakllantirish», J. E. O‘sarov «Akademik litseylarda fizika ta’limi samaradorligini oshirish jihatlari» (2004), Guliston davlat universiteti fizika-matematika fakulteti dekani SH. Ashirov «Kasb-hunar kollejlarida fizikadan umumlashtiruvchi darslarda amaliy masalalarning kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishdagi o‘rni» (2007) mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. SHuningdek, SH. Mamarajabov, R. Musurmonov, G. E. Qarlыbaeva (Innovatsion ta’lim texnologiyalari sharoitida fizika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini shakllantirish) lar ham nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

Kafedra professori p.f.d., professor M.Jo‘rayev ham respublikamizda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Uning ilmiy rahbarligida E. Umirzoqov «Дидактические основы севершенствования экономического образования школников в протсессе изучения общеобразователных диссиплин (на примере обучения физики)», SH. Toshxojayev «Umumtalim maktablarida molekulyar-kinetik nazariyani oqitishni kompyuter vositasida takomillashtirish», X. M. Maxmudova «Применение информатсионной технологии в проведении лабораторных занятий по разделу «Оптика» kursa obщey fiziki», B. N. Nurillayev «Umumiy fizika praktikumlarida bolajak oqituvchilarning eksperimental konikmalarini shakllantirishning didaktik asoslari», G. A. Umarova «Совершенствование методики преподования квантовой физики на основе компютерных технологий вобщеобразователной школе» mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilgan

Dotsent A. I. Boydedayev ilmiy rahbarligida Namangan davlat universiteti dotsenti O. Qodirov oliy pedagogik talim muassasalarida nazariy fizika oqitishni takomillashtirish muammolariga bagishlangan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Dotsent  I. Ismailov ilmiy rahbarligida G. N. Yunusova «Создание и применение в учебном процессе педагогических программных средств для фундаменталных тем курса общей физики» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi (1997).

Professor M.Mamadazimov ilmiy rahbarligida B.Kenjayev «Сочетание наблюдений и теоритического материала в курсе астрономии средней школы» (1985, Moskva), Maryamjon Jumaniyazova «Fizika oqitishda integrallashgan bilimlar va ulardan foydalanishning uslubiy asoslari» (2007) va Orlova Tatyana «Гуманитаризатсия астрономического образования в профессионалных колледжах» (2010) mavzularidagi nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilishdi.

Professor I.Sattorov ilmiy rahbarligida fizika-matematika fakultetining bitiruvchilari CH. T. SHerdanov «Изучение петелных и точечных образований в солнечной короне» mazusida va N. V. Karachik «Исследование короналных ярких точек на Солнсе» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

Professor K. R. Nasriddinov ilmiy rahbarligida o‘qituvchi M. YU. Mansurova «Oliy ta’limda elementar zarralar fizikasi bo‘limi mazmuni va uni o‘qitish metodikasi» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi (2009).

Professor N. B. G‘ofurov Angor tumanidagi (Surxondaryo) maktab-internat fizika o‘qituvchisi O‘g‘iloy Sultonovaning «Fizikadan o‘quvchilarni mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasi (fizikadan to‘garaklarni tashkil etish misolida)» va Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi xodimi S. Abdalovaning «Fizikadan mustaqil ta’lim tashkil etishning proektiv texnologiyalari (KHK misolida)» mavzularidagi ilmiy ishlariga rahbarlik qildi. Ularning har ikkalasi ilmiy ishini yakunlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar (2007 yilda O‘. Sultonova, 2009 yilda S. Abdalova) va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar.

Kafedra dotsenti A. M. Xudayberganov O‘zbekiston Milliy universiteti professori K. A. Tursunmetov ilmiy rahbarligida «Akademik litseylarda atom va yadro fizikasi bo‘limlarini o‘qitish mazmuni va metodikasi» mavzusidagi pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qildi (2005). Kafedra dotsenti v.b. X.H.Tojiboyeva O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti (hozirda professor) M. Qurbonovning ilmiy rahbarligida «Fizikadan namoyish tajribalarining o‘quv mazmundorligini aniqlash va ularni joriy etish metodikasi» mavzusidagi pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qildi (2006).

Kafedra dotsenti  B.J.Sattorova professor U.SH.Begimqulov ilmiy rahbarligida «Oliy ta’limda astronomiya fanini o‘qitishda axborot texnologiyalarni qo‘llashning metodik asoslari» mavzusidagi pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qildi (2009). 2014 yil 31 dekabrda B. J. Sattorovaga Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan «dotsent» ilmiy unvoni berildi.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari:

1) Uzluksiz ta’lim tizimida fizika va astronomiyani o’qitish muammolari;

2) O’rta va o’tra maxsus ta’lim tizimida fizika va astronomiya o’qitishning o’quv metodik ta’minoti.

3) Elementar zarralar fizikasi va kuchsiz o’zaro ta’sirlar.

4) Fizika o’qitishda yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.

5) Astronomiya va astrofizika muammolari.

Kafedraning o’quv-laboratotiya ta’minoti:

1.     Umumiy fizikadan laboratoriyalar (mexanika, molekulyar fizika, elektromagnetizm, optika, kvant fizikasi);

2.      Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi laboratoriyasi.

3.     Astronomiya va astrofizika  laboratoriyasi.


Fizika va astronomiya o'qitish metodikasi kafedrasi 1935-yilda Fizika-matematika fakultetida yagona Umumiy fizika kafedrasi tashkil etilishi bilan boshlangan. Kafedrada "Umumiy fizika", "Elektroradiotexnika", "Nazariy fizika" va "Fizika o'qitish metodikasi" fanlarini o'qitish tashkillashtirilgan. Kafedrada uzoq yillar davomida atoqli fizik hamda astronom olimlar, xususan, f.-m.f.n., dots. Abdurashidov, prof.Shmidt, ass.Kudishkin, o'qituvchi Kovalskiy, prof. Mallen, S.Umarov, Mullaqandov, akademik P.Q.Habibullayev, prof.U.Orifjonov, prof. S.Tursunov, prof.B.Izbosarov, prof.J.Kamolov, dots.J.Toshxonova, prof.I.Sattorov, prof.M.Mamadazimovlar faoliyat ko'rsatishgan hamda kafedraning gullab-yashnashida o'z hissalarini qo'shishgan. Xususan, kafedra professori R. Mallinning ilmiy faoliyati fizikaning falsafiy muammolariga qaratilgan bo'lib, fizikada aqliy eksperiment, noaniqlik munosabatlari, fizikaviy reallik, modda va maydon hamda fazo va vaqt kabi masalalarni o'z ichiga olganki, ushbu yo'nalishda mazkur izlanishlar fan texnikaning keyingi rivojida benihoya ahamiyatliligi bilan dovruq qozongan. prof. M.Mamadazimov umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus maktablarning islohoti munosabati bilan, mazkur muassasalarda Astronomik ta'lim konsepsiyasi, Davlat ta'lim standartlarining loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etganligini alohida ta'kidlash mumkin. prof. I.Sattarov astronomiya o'qitishga axborot texnologiyalarni qo'llashni O'zbekistonda birinchilardan bo'lib kiritdi va axborot texnologiyalarini o'qitishga joriy etish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi.
Kafedra tarixida "Nazariy fizika va uni o'qitishni takomillashtirish", "Eksperimental fizika va molekulyar akustika", "O`qitish nazariyasi va metodikasi" yo'nalishidagi ilmiy maktablar jamoatchilik tomonidan e'tirof etilgan.

Fizika va astronomya o'qitish metodikasi kafedrasida o'quv, uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlarda faoliyat olib boradi. Yosh avlodga yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ilmy-nazariy jihatdan boyitilgan, fan va texnikaning so'nggi yutuqlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga olgan adabiyotlar bilan ta'minlash maqsadida kafedra professor-o'qituvchilari jamoasi mashaqqatli mehnat qilmoqda.

“TASDIQLAYMAN”
Nizomiy nomidagi
TDPU rektori
_________prof. SH.S.SHaripov

2017-yil «_26» avgust

«Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi» kafedrasi to’g’risidagi
NIZOM

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.
9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.
11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda “Oliy ta’lim to’g’risida”gi Nizomga muvofiq va 2017-yil 28-apreldagi «Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibini tasdiqlash haqida” gi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirining №267 buyrug’i asosida Nizomiy nomidagi TDPU «Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi» kafedrasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur tartib O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari (keyingi o’rinlarda kafedra deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, kafedra mudirlari mas’uliyati, o’rni va rolini kuchaytirish, ularning funksional vazifalarini qat’iy belgilash hamda kafedradagi o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish va kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibini belgilaydi.
2. «Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi» kafedrasi Nizomiy nomidagi TDPU, Fizika-matematika fakultetining tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo’yicha o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, shuningdek ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Kafedra tarkibiga professor-o’qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi (assistent), o’qituvchi-stajerlar hamda doktorant, mustaqil izlanuvchi, shuningdek injener-texnik va o’quv-yordamchi xodimlar kiradi.
3. «Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi» kafedrasiga professor-o’qituvchilar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2006-yil 10-fevralidagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagogik xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
4. Kafedra o’quv va ilmiy jarayonlarni ta’minlovchi o’quv xonalari va ilmiy laboratoriyalar, kabinentlar, o’quv markazlar va boshqa bo’linmalarga ega bo’lishi mumkin. Umumkasbiy, ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan dars olib boriladigan kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo’lgan korxona (tashkilot) lar hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Kafedra filiali faoliyati oliy ta’lim muassasasi va korxona (tashkilot) o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.
II. Kafedrani tashkil etish va faoliyatini boshqarish
6. Kafedra, kamida yetti nafar professor-o’qituvchilardan iborat bo’lib, ularning bir nafari, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga, kamida ikki nafari fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga yoki tegishli mutaxassislik bo’yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (PhD) ga ega bo’lganda tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya, chet tillari, grafika va chizmachilik, rasm va musiqa kafedralari esa kamida yetti nafar professor-o’qituvchi mavjud bo’lib, odatda, ulardan kamida ikki nafari ilmiy daraja yoki unvonga ega bo’lgan taqdirda tashkil etiladi.
Bulardan istisno holatlar bo’yicha kafedralarni tashkil etish bo’ysunishiga ko’ra tegishli vazirlik bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
7. Kafedra fakul’tet dekaniga yoki bevosita oliy ta’lim muassasasi rektori (o’quv ishlari prorektori) ga bo’ysunadi.
8. Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
9. Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik bo’yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajasi (PhD) ga ega bo’lgan hamda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi Kengashida tanlovdan o’tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.
10. Kafedra mudiri bo’lmagan vaqtda (ia’til, kasallik, xizmat safari va boshq.) yoki muddatidan oldin lavozimidan ozod etilganda uning vazifalari kafedra jamoasi taklifi asosida fakul’tet dekani yoki o’quv ishlari bo’yicha prorektor tavsiyasiga ko’ra rektor tomonidan tayinlangan shaxsga vaqtincha yuklatiladi.

III. Kafedra mudirining vazifalari
11. Kafedra mudiri:
- universitet miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
- kafedra ish rejasi, professor-o’qituvchi va xodimlarining shaxsiy rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
- kafedra pedagog xodimlariga o’quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
- ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni o’rnatadi va muntazam rivojlantirib boradi;
- kafedraga ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko’rish to’g’risida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
- TDPUning tegishli xizmat bo’linmalari bilan birgalikda o’quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o’tkazish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni ta’minlash choralarini ko’radi;
- belgilangan tartib va muddatlarda o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, kengash majlislarida hisobot beradi.
Kafedra mudirining shaxsiy ish rejasi fakul’tet dekani (o’quv ishlari bo’yicha prorektor) tomonidan tasdiqlanadi.
Kafedraning xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo’shimcha vazifalar OTM rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.
IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish
12. Kafedra faoliyati o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy o’quv yili bo’yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o’tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin. Pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy hujjat hisoblanib, u o’z ichiga o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy ma’rifiy ishlarni qamrab oladi. Pedagog xodimlarning belgilangan tartibda tanlovdan o’tish, lavozimlarga tavsiya etish jarayonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilish darajasi asosiy mezonlardan hisoblanadi.
13. Kafedraning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
- o’quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo’yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalaridagi fanlar bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
- pedagog xodimlarning o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil etish;
- yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
- Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;
- turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- o’quv adabiyotlarini tayyorlash hamda o’quv adabiyotlariga xulosalar berish;
- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish;
- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan ularni O’zbekiston Respublikasi prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshqa xalqaro va respublika miqyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- kafedra o’qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko’rib chiqish, tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish, umumlashtirish va ilg’or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh o’qituvchilarga pedagogik malaka va ko’nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o’quv mashg’ulotlarida zamonaviy o’quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o’qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, o’qitishni zamonaviy komp’yuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o’quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o’qitish elementlarini rivojlantirish;
- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo’yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
- byudjetdan tashqari mablag’larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko’rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo’jaliklar bilan aloqa o’rnatish;
- Nizomiy nomidagi TDPU bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo’lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
- kafedra ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar o’tkazish, ta’lim xizmati ko’rsatish tizimini rivojlantirish;
- xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo’nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo’yicha to’garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo’sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- kafedrada o’qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to’liq va sifatli o’tkazilishini ta’minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
- universitet axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o’quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to’ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.
14. Kafedrada quyidagi hujjatlar bo’lishi kerak:
- kafedra faoliyati uchun zarur bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
- o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni qamrab olgan ish rejalari;
- o’quv yuklamalari, kafedra a’zolarining shaxsiy ish rejalari, ularning bajarilishi yuzasidan hisobotlar;
- anketa ma’lumotlariga ega bo’lgan kafedra tarkibining ro’yxati (stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun tadqiqot mavzulari, rahbarlari va tadqiqotning bajarilish muddati ko’rsatilgan bo’lishi kerak);
- majlislar bayonnomalari.

Kelishildi:

O’quv ishlari bo’yicha prorektor: D.U.Ergashev
Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor: B.Abdullayeva
Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari bilan hamkorlik
ishlari bo’yicha prorektor

K.Gulyamov
Moliya va iqtisodiy ishlari
bo’yicha prorektor
A. Mo’minov
Fizika-matematika fakul’teti
dekani: G’.Djabbarov

Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri: B.Nurillayev

Birinchi toifali huquqshunos: A.Abdullayev

Yuklab olish uchun fayllar

Kafedraning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
– 5110200 – Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo`yiladigan O`zbekiston davlat standarti talablarini bajarish;
– 5110200 – Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo`nalishi negizida 5A110201 – Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi (fizika va astronomiya) mutaxassisligi bo`yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo`yiladigan davlat ta’lim standarti talablarini bajarish;
– oliy o`quv yurti (fakultet) tuzilishidagi, tegishli fanlar bo`yicha o`quv, uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshirish;
– talabalarning sohaning yetuk kadrlari bo`lib yetishishlari uchun ularning nazariy bilimlari va amaliy ko`nikmalarini shakllantirish;
– talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish;
– talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish;
– kafedra professor-o`qituvchilarining ilmiy-pedagogik salohiyatini muttasil oshirish;
– ma’ruzalar o`qishda, amaliy soatlarni tashkil etishda, tanlov va ochiq darslarda ta’lim berishning eng ilg`or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;
– dars soatlarida yangi texnik vositalar, tarqatma materiallar hamda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish;
– kafedra professor-o`qituvchilari tarkibini yuqori malakali va tajribali mutaxassislar hisobiga mustahkamlab borish;
– professor-o`qituvchilar bilimini doimiy oshirib borish;
– o`quv dasturlarini zamon va davr talabalaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib borish;
– kafedrada o`qitiladigan fanlarga taalluqli masalalar yuzasidan zarur o`quv qo`llanmalari, darsliklar, ilmiy risolalar, maxsus dasturlar yaratish;
– talabalarning bilimini xolis va talabchanlik bilan baholash mezonlarini ishlab chiqish, oraliq va nazorat savollarini muntazam yangilab va boyitib borish;
– talabalarning zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish;
– kafedra faoliyatiga doir soha va yo`nalishlar borasida jahonda erishilayotgan yutuqlar, yangiliklardan voqif bo`lish, ularning eng maqbullarini o`quv jarayonlarida tatbiq etish;
– respublika, universitet, fakultet hayotida faol ishtirok etish, tashabbuskorlik va fidoyilik namunalarini namoyon etish;
– turli darajadagi ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish;
– yangi-yangi ilmiy muammolar, mavzular ustida ishlashni yo`lga qo`yish, yetuk magistrant-talabalarni kafedra faoliyatiga jalb etish hamda tadqiqotchi stajyor (aspirant), doktorantlarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilish;
– dissertatsiyalarni ekspertiza qilishda, muhokamasida ishtirok etish;
– respublika ilmiy va o`quv dargohlarida mutaxassislar tomonidan tayyorlanayotgan kafedra yo`nalishiga doir ilmiy risola, darslik, o`quv qo`llanmalari muhokamasida ishtirok etish;
– kafedraning ushbu sohada mamlakatdagi yetakchi ilmiy-ijodiy va pedagogik markazlardan biriga aylanishiga erishish;
– universitet hamda fakultet rahbariyati tomonidan beriladigan ko`rsatmalar, me’yoriy hujjatlarni o`z vaqtida bajarish.