5-sonli talabalar turar joyida "Tejamkorlik-oila faravonligining asosi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Tadbir Matematika o'qitish metodikasi kafedra mudiri D.E.Davletov so'zi bilan ochildi. D.Davletov tadbirning maqsadi, vazifasi va mazmuni haqida asosiy ma'lumotlarni aytib, so'zni ma'ruzachi M.Barakayevga berdi.

M.Barakaevning ma'ruzasidan so'ng "Tejamkorlik - oila faravonligining asosi" mavzusi haqida talabalarning erkin fikrlari tinglandi. Kafedra a'zolaridan L.O'rinboyeva, J.Saparboyevlar ham mavzu haqida o'zlarining fikrlarini bildirishdi. Kafedra a'zolari bilan talabalar o'rtasida savol-javoblar jonli muloqot tarzida o'tdi. Tadbir barchaga ma'qul kelib, bunday dolzarb, ommabop mavzular yuzasidan tadbirlar o'tkazilishini talabalar intizorlik bilan kutishini aytishdi. Tadbir so'ngida keyingi tadbir mavzusi qanday bo'lishi kerakligi talabalardan so'raldi va "Ustoz-shogird" tizimi haqida bo'lishi taklif qilindi.