Tasviriy san’at kafedrasi

O‘qish muddati: 4 yil - kunduzgi shakli (Bakalavriat) O‘qish muddati: 2 yil – mahsus sirtqi bo‘lim Magistratura: 5A110801- «Tasviriy va amaliy bezak san’ati». O‘qish muddati: 2 yil - ochnaya forma

Kafedra Kasb ta’lim fakultetining maxsus yetakchi kafedrasi xisoblanib, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlab berishga mas’ul bo‘lib, talabalarga qalamtasvir, rangtasvir, plastik anatomiya, tasviriy san’at tarixi, tasviriy san’at o‘qitish metodikeasi, akademik qalamtasvir, xaykaltaroshlik, dastgoxli rangtasvir va kompozitsiya, tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko‘chirish kabi fanlardan nazariy va amaliy bilimlar beradi. Kafedra kuyidagi amaliyotlarga raxbarlik qiladi: * Tasviriy san’at bo‘yicha o‘quv amaliyoti (plener); * Pedagogik amaliyot; * Ilmiyg‘tadqiqot ishlar;
Kafedrada 11 professor-o‘qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat ko‘rsatmoqda: shulardan 1 pedagogika fanlari doktori, 2 pedagogika fanlari nomzodi, 3 O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining rassomlar uyushmasining a’zolari. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar bilan o‘quv, ilmiy-uslubiy, tarbiyaviy ishlar olib boradilar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari Xalqaro,Respublika miqiyoslarida tashkil etilayotgan ko‘gazmalarda va ilmiy, amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedrada nafaqat ilmiy, ilmiy-uslubiy, tarbiyaviy ishlar olib boriladi, shuningdek tasviriy san’at soxasiga oid darsliklar, elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanadi. Kafedraning pedagoglari doimiy tarzda o‘z mutaxassislik malakalarini oshiradilar. Kafedrada xar yili muntazam ravishda «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadasi chiroyli an’anaga aylangan. Xar yili kafedra qoshida tashkil etilgan ilmiy va amaliy to‘garaklar talabalari xalqaro va respublika ilmiyg‘amaliy anjumanlarda va ijodiy ko‘rgazmalarda ishtirok etib sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ladilar.
Kafedrada magistrlar bilan ishlash to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Magistrantlarga ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar dars o‘tish va ilmiy rahbarlik qilish uchun jalb qilingan. Pedagogik amaliyotni talabalar P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji, Toshkent arxitektura-qurilish kolleji va Toshkent shaxar Yakkasaroy tumanidagi № 118 umumiy-o‘rta ta’lim maktabida o‘tadilar.
Kafedra qoshida tashkil etilgan badiiy ustaxonalarda qalamtasvir, rangtasvir, akademik qalamtasvir, xaykaltaroshlik, dastgoxli rangtasvir va kompozitsiya, tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko‘chirish kabi fanlardan amaliy mashg‘ulotlar olib borilib unda talabalarning bitiruv malakaviy ishlar ximoyasiga va turli darajadagi Respublika ko‘rgazmalarida talabalarni ishtiroki tashkillashtiriladi. Shuningdek kafedrada muntazam ravishda yangi materiallar va jixozlar bilan to‘ldirilib boriladigan o‘quv-uslubiy fond mavjud. Kafedra mudiri, dotsent R. Sh. Xalilov


Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi 1955-yil Fizika-matematika fakulteti qoshida tashkil etilgan. Rassom-pedagoglar Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Kozim Eminov, Yusuf Yelizarov, Nikolay Bannikov, Nina Kovinina, Rо‘zi Choriyev, Tachat Oganesov, Nikolay Ten, Abdimumin Boymatov, Ne’mat Abdullayev,Yanis Salpinkidi, G.Abduraxmanovlarning ilk faoliyatidan boshlab kafedraning yuqori kasb mahoratga egaligi ma’lum bо‘ldi. Kafedra mudiri lavozimiga I.A.Yurovskiy tayinlangan. 1963-yildan kafedraga M. Nabiyev rahbarlik qilgan.Ushbu davrlarda talabalarni tasviriy san’at nazariyasi va tarixidan bilimini oshirish maqsadida Moskva va Leningrad shahridagi muzeylarga va Uzbekistonning qadimgi shaharlariga о‘quv ekskursiyalar tashkil etildi. 1977-yili Tasviriy san’at va chizmachilik kafedrasi qoshida ikkita kafedra tashkil etildi: "Qalamtasvir" va "Tasviriy san’at va chizmachilik" kafedralari. "Qalamtasvir" kafedrasining dotsent N.Z.Ten, "Tasviriy san’at va chizmachilik" dotsent A.Inog‘amov boshqardilar. 1991-yilda kafedra mudiri lavozimiga N. Abdullayev tayinlangan. 1997- yildan 2000-yilgacha kafedrani B.Baymetov boshqargan, 2000-yildan 2004-yilgacha kafedra mudiri dotsent U.Nurtayev bo`lgan. 2004-yildan 2007-yilgacha dotsent N.Tolipov, 2015-yildan hozirgi kunga qadar kafedrani dotsent R.SH.Xalilov boshqarib kelmoqda

Universitet binosi - 1970 yillar
Photo: © Universitet arhivi

Akademik Malik Nabiyevning 70 yoshlik yubileyidan lavha
Photo: © Universitet fotoarhivi

Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi 5110800- «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» ta’lim yo‘nalishi, 5A110801-«Tasviriy va amaliy bezak san’ati» magistratura
bo‘yicha , maxsus sirtqi bo'limi bo`yicha mutaxassislar tayyorlaydi.



Yuklab olish uchun fayllar

Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi talaba, tasviriy san’at о‘qituvchisi tayyorlash bо‘yicha о‘quv, ilmiy, uslubiy va madaniy markaz, ijodiy laboratoriya bо‘lib,zamonaviy institut pedagogini shakllantirishga qaratilgan. Kafedraning asosiy maqsadi - tasviriy san’at о‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligiga qaratilgan tashkiliy, mazmunli, uslubiy, innovatsion sharoitlar yaratishdir.Kafedra ish faoliyati kollej va umumiy о‘rta ta’lim muassasalar bilan hamkorlik munosabatlariga qaratilgan.