Pedagogika va psixologiya fakultetida Kamolot YoIH yetakchisi saylandi

2015-yil 24 oktyabr kuni Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida Kamolot YoIH yetakchisi saylandi.

Saylovda Pedagogika va Psixoligiya fakulteti dekani N.Sh.Bekmurotov so`zga chiqdilar va o`z fikr takliflarini berdilar. Dekan muovini N.M. Ramazanova fakultet Kamolot YoIH bilan birga yil davomida olib borilgan ishlari haqida ma`lumot berib o`tdilar. Shundan so`ng universitet Kamolot YoIH yetakchisi R.Raxmonov so`zga chiqib Kamolot YoIH haqida to`liqroq ma`lumot berib o`tdilar. Saylovda Kamolot YoIH faollari,guruh sardorlari, muddatli xarbiy xizmatni o’tab tahsil olayotkan yigitlar qatnashdilar. Pedagogika va psixologiya fakulteti Kamolot YoIH yetakchilikka nomzodini qo`yganlar so`zga chiqdilar, birinchi bo`lib so`zga X.Zokirov chiqdi ular yil davomida amalga oshiradigan ishlari, chora-tadbirlari haqida ma`lumot berib o`tdi. Fakultet Kamolot YoIH faollar tomonidan takliflar berilib X.Zokirovni fikrlari ma’qullandi va Xasan Zokirov Pedagogika va Psixologiya Fakultet Kamolot YoIH yetakchisi etib saylandi.