“Keksalarni e’zozlash qadriyatlarimiz timsoli” mavzusida uchrashuv tadbiri o’tkazildi

“Matematika o’qitish metodikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 5-TTJda “Keksalarni e’zozlash qadriyatlarimiz timsoli” mavzusida uchrashuv tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda faxriylardan dotsent Feruza Saydaliyeva, professor-o’qituvchilardan I.Raxmonov, L.O’rinboyeva va B.Alimovlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan talabalarga hayotiy hikoyalar, voqealar asosida ma’lumot berdilar. F.Saydaliyeva faxriy sifatida keksa avlod vakillarining tuyg’ulari, farzandlar yutug’idan faxrlanish hissi va ularning har doim e’zozga intilib yashashlari haqida gapirdi va talabalarning savollariga javob berdi.tadbirda ishtirok etgan talabalar o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirgan holda, kelgusi uchrashuvlar uchun mavzu tavsiya qildilar. Tadbir qiziqarli va mazmunli o’tdi.