“Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarni puhta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish” yuzasidan davra suhbati” mavzusida tadbir о‘tkazildi

12.12.15 kuni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida О‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor о‘qituvchilari tomonidan “О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarni puhta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish” yuzasidan davra suhbati” mavzusida tadbir о‘tkazildi.

О‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor о‘qituvchilari tomonidan “Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarni puhta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish” yuzasidan davra suhbati о‘tkazildi. Sо‘zga chiqdi – katta о‘qituvchi f.f.n. G.Eshanova Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish yuzasidan qabul qilingan qonunlar mazmuni haqida tushuntirdi. Ushbu masala yuzasidan katta о‘qituvchi R.Halimmetova yoshlarni zamonaviy kasb-hunarni puhta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish” yuzasidan gapirdi. Munozaraga chiqqan о‘qituvchi A.Maxmudova, katta о‘qituvchilar N.Madaminova, X.Qodirovalar о‘z fikr mulohazalarini bildirdilar. Tadbirda qiziqarli va talabalar bilan baxs munozaralar bо‘lib о‘tdi.