Chet tillar fakultetida professor-o‘qituvchilar va talabalarga “Qiyomatga qolgan qarz” filmi namoyish etildi

2016 yil 29-30 yanvar kunlari Chet tillar fakulteti “Anjumanlar zali”da fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarga “Qiyomatga qolgan qarz” nomli hujjatli film namoyish etildi

2016 yil 29-30 yanvar kunlari Chet tillar fakulteti “Anjumanlar zali”da fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarga “Qiyomatga qolgan qarz” nomli hujjatli film namoyish etildi. Mazkur film orqali professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bugungi kunda dunyoning uzoq-yaqin turli hududlarida yuz berayotgan tashvishli voqea va hodisalar, yer yuzidagi tinchlikka rahna solayotgan yovuz kuchlarning xunrezliklari hamda ma’naviyati past va ongi bo‘sh insonlarning aldanib turli oqimlar girdobiga tushib qolayotganligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Filmda guvohi bo‘lgan eng achinarli va ming afsuslar bilan aytish mumkin bo‘lgan holat shundaki, ana shunday manfur kimsalar girdobiga tushib qolgan yurtimiz yoshlari ham mavjudligi bo‘ldi. Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlik - xalqimizning tinchliksevarligi, insonparvarlik, millatparvarlik va Vatanparvarlik kabi ijobiy xislatlarining mavjudligidan, mehr va oqibatning mustahkamligidan dalolatdir. Bizdan talab qilinadigani faqat ana shu ijobiy xislatlarimiz hamda yurtimiz tinchligini saqlab qolish va yurtimiz ravnaqi uchun qo‘limizdan kelgancha xizmat qilishdan iborat.