Tarix fakultetida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli videolavha namoyish etildi

Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakultetida 2016 yil 30 yanvar kuni professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli videolavha namoyish etildi.

Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakultetida 2016 yil 30 yanvar kuni professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli videolavha namoyish etildi. Mazkur film namoyishidan asosiy maqsad hozirgi vaqtda dunyoning bir qator mamlakatlarida yuz berayotgan siyosiy jaryonlar va ularning yurtimizga salbiy oqibatlarining kirib kelishini oldini olishdan iboratdir. Professor- o‘qituvchilar orasida ushbu videolavha muhokama etildi. Film namoyishidan so‘ng fakultet dekani tomonidan barcha professor-o‘qituvchilarga mazkur videofilmning namoyish etilishi va talabalar o‘rtasida o‘zaro muhokama etilishi vazifasi qo‘yildi.