Bitiruvchi kurs talabalari uchun malakaviy pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

4-11-auditoriyada matematika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun malakaviy pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyani fakultet dekani G‘.Djabborov ochib berdi.

Malakaviy pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari haqida kafedra mudiri D. Davletovning ma’ruzasi tinglandi. Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi bo‘yicha malakaviy pedagogik amaliyotiga mas’ul J.Saparboev malakaviy pedagogik amaliyot borishi va me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumotlar berdi. Kafedraning innovatsion korporativ hamkorlik ishlariga mas’ul Barakaev M. so‘zga chiqib o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, hamda zaruriy maslahatlar berdi. Universitet MPA bo‘yicha mas’ul B.Sattarova umumiy qoidalar me’yoriy hujjatlar bo‘yicha maslahatlar berdi. Metodistlar va pedagogika kafedrasi vakillarining chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Takliflar va mulohazalar savol-javoblar asosida munozarali o‘tdi. Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi