Tarix fakultetida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi

Tarix fakultetida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi

Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakultetida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida Tarix fakultetining jami 115 nafar talabalari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Ma’muriy huquq” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.X.Baxramov o‘zining qiziqarli va multimediya dasturlari bilan tayyorlangan ma’ruzasi barcha talabalarni mazkur qonunning mazmun-mohiyatini tushinib yetishlarida asos bo‘lib xizmat qildi.