“Internet tahdidlaridan himoya” kitobining taqdimoti haqida.

Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi TTJ-5da “Internet tahdidlaridan himoya” kitobining taqdimoti haqida.

Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi a’zolari TTJ-5da “Internet tahdidlaridan himoya” kitobining taqdimotini o‘tkazishdi. Tabdir kafedra mudiri D.Davletov, katta o‘qituvchilar L.O‘rinboeva, J.Saparboev, o‘qituvchi B.Alimov, magistrant S.Maxmasaidovalar tomonidan tashkillashtirildi va o‘tkazildi. Tadbirda kafedra mudiri D.Davletov “Internet tahdidlaridan himoya” kitobi haqida so‘zlab berdi. Murabbiylar kengashi raisi L.O‘rinboeva fikr va mulohazalarini aytib, talabalardan xohlovchilarni so‘zga taklif qildi. J.Saparboev, B.Alimov, S.Maxmasaidovalar ham o‘zlarining “Internet tahdidlaridan himoya” kitobi va internet tahdidlarining yashirin maqsadi, oqibatlari haqida qimmatli fikr-mulohazalarini bildirishdi. Talabalarning mazkur kitob bilan yaqindan tanishib chiqqanlarni o‘z xulosalari to‘g‘risida, boshqalar ham shu kitobni o‘qib ko‘rsa arzishini kitobda berilgan va hayotimizda sodir bo‘layotgan voqeliklardan misollar keltirib gapirib berishdi. Tadbir jonli savol-javoblarga, bahs-munozaralarga boy o‘tdi. Tadbir so‘ngida umumiy xulosalar va takliflar berildi.


Yana o`qing