“Kasb hunar ta’limini amalga oshirish metodlari” mavzusida ochiq dars

Kasb ta’limi fakulteti “Kasb ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi Lochin Rustamovich Zaripov 2016 yil 7 mart soat 9:00 da Kasb ta’lim fakulteti 5-08 o’quv xonasida KGD-201-202 gurux talabalariga Kasb ta’lim metodikasi fanidan “Kasb hunar ta’limini amalga oshirish metodlari” mavzusida ochiq dars mashg’ulotini o’tqazdi.

O’tkazilgan ochiq dars mashg’uloti biz talabalar uchun o’z bilimlarimizni sinash hamda yanada mustahkamlash darsi bo’ldi desak also mubolag’a bo’lmaydi. Dars davomida har ikkala guruh talabalari ham faol ishtirok etgan holda berilgan barcha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga harakat qildik. Ochiq dars mashg’uloti uchun tanlangan dars mavzusi ham o’qituvchi tomonidan keng qamrov asosida yanada tushunarli qilib yoritib berildi. O’qituvchi tomonidan biz talabalar uchun tayorlangan qo’shimcha tarqatma materiallar va metodlar, misol uchun damino, raqamli o`yin metodlarning barchasi hech bir talabani befarq qoldirmadi. Bo’lib o’tgan ochiq dars biz talabalar tomondan bir ovozda ijobiy qabul qilindi. Ustozimiz “Kasb ta`limi metodikasi” kafedrasi o`qituvchisi Zaripov Lochin Rustamovichga KGD-201 guruxning barcha talabalari nomidan qiziqarli darsi uchun chuqur minnaddorchilik bildiramiz. Kasb ta`limi fakulteti KGD-201 gurux talabalari Begimqulov Hasanboy, Saidmurodov Saidiskandar.