Informatika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

Kafedra 1985 yilda fizika-matematika fakultetining «Matematik tahlil» kafedrasidan «Informatika va hisoblash texnikasi» nomi bilan ajralib chiqqan.

Kafedra 1985-yilda fizika-matematika fakultetining Matematik tahlil kafedrasidan «Informatika va hisoblash texnikasi» nomi bilan ajralib chiqqan. Tashkil topgandan buyon kafedraga quyidagi olimlar: 1985-1986-yillarda- fizika-matematika fanlari nomzodi Y.Y.Rankov, 1986-1996-yillarda texnika fanlari doktori, professor M.Z.Ziyoxujayev, 1997-1999-yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent R. R.Boqiyev, 1999-2004-yillarda texnika fanlari doktori, professor Umid Yuldashev, 2004-2010-yillarda f.-m.f.n., dotsent R.R.Boqiyev, 2010-2015-yillarda p.f.n., dotsent M.Mamarajabov, 2015-yil 18-iyundan 2020 yil 2 oktyabrgacha p.f.n., dotsent S.Tursunov, 2020 yil 2 oktyabrdan 2022 yil 18 fevralgacha p.f.n., dotsent M.Mamarajabov, 2022 yil 18 fevraldan hozirgi kunga qadar kafedrada p.f.n., dotsent S.Tursunov mudirlik vazifasini bajarib kelmoqda.

Kafedra tashkil etilgandan bugunga qadar uning tarkibida professorlar M.Z.Ziyoxo‘jayev, A.A.Abduqodirov, U.Y.Yuldashev, R.H.Ayupov, F.M.Zokirova,  fizika-matematika fanlari nomzodi Y.Y.Rankov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsentlar: R.R.Boqiyev, F.Sharipxujayeva, B.Tileuberdiyev, D.Qurbonboyev, B.Sattorov, X.A.Xoldorov, katta o‘qituvchilar I.Mirmaxmudov, O.Karimov, M.O‘.Ashurov va boshqa professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdilar. 1995-yildan kafedra tarkibiga «Ta’limning texnik vositalari» kafedrasining qo‘shilishi munosabati bilan kafedra «Informatika va ta’limning texnik vositalari» deb nomlana boshladi. Shu munosabat bilan kafedra tarkibi kengayib, unga pedagogika fanlari doktori, dotsent Sh. Axrorov, dotsentlar S. Maxkamov, B. Ganiyevlar kelib qo‘shildilar. Universitet rektorining buyrug‘iga asosan 2002-yilda kafedra «Informatika va ta’limda axborot texnologiyalari», 2012-yil sentabridan «Informatika va uni o‘qitish metodikasi», 2015-yil iyundan «Informatika o‘qitish metodikasi», 2022 yil 1-martdan universitetning yangi tuzilmasiga ko‘ra  «Informatika va uni o‘qitish metodikasi» nomiga o‘zgartirildi.

Hozirgi kunda kafedra yetakchi kafedralardan hisoblanib, unda professorlar: Yuldashev U.Y., Ayupov R.X., Tursunov S.Q., Fayziyeva M.R.,  dotsentlar: Dottoyev S.H., To‘xtamatov X.R., Nabiulina L.M., Yakubboyeva N.S., Eminov A.G‘., Abduraxmanova SH.A., katta o‘qituvchilar: Ashurov M.O‘., Vibornov S.A., Bakiyeva Z.R. va o‘qituvchilar: Usmonqulov SH.U., Muxamadieva F.I., G‘ulomov J.G., Shakadirova N.I., Mallayev R.Q., Yuldashev F., Normatov S., To‘xtayeva F.SH. va R.A.Razzoqovlar faoliyat ko‘rsatmoqda..


Kafedra 1985-yilda fizika-matematika fakultetining Matematik tahlil kafedrasidan «Informatika va hisoblash texnikasi» nomi bilan ajralib chiqqan. Tashkil topgandan buyon kafedraga quyidagi olimlar: 1985-1986-yillarda- fizika-matematika fanlari nomzodi Y.Y.Rankov,
1986-1996-yillarda texnika fanlari doktori, professor M.Z.Ziyoxujayev, 1997-1999-yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent R. R.Boqiyev, 1999-2004-yillarda texnika fanlari doktori, professor Umid Yuldashev, 2004-2010-yillarda f.-m.f.n., dotsent R.R.Boqiyev, 2010-2015-yillarda p.f.n., dotsent M.Mamarajabov, 2015-yil 18-iyundan boshlab p.f.n., dotsent S.Tursunov kafedraga mudirlik qilmoqda.
Kafedra tashkil etilganda uning tarkibida professorlar M.Z.Ziyoxo‘jayev, A.A.Abduqodirov, U.Yuldashev, fizika-matematika fanlari nomzodi Y.Y.Rankov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsentlar: R.R.Boqiyev, F.Sharipxujayeva, B.Tileuberdiyev, D.Qurbonboyev, B.Sattorov, F.Zokirova, katta o‘qituvchilar I.Mirmaxmudov, O.Karimov va boshqa professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdilar.
1995-yildan kafedra tarkibiga «Ta’limning texnik vositalari» kafedrasining qo‘shilishi munosabati bilan kafedra «Informatika va ta’limning texnik vositalari» deb nomlana boshladi. Shu munosabat bilan kafedra tarkibi kengayib, unga pedagogika fanlari doktori, dotsent Sh. Axrorov, dotsentlar S. Maxkamov, B. Ganiyevlar kelib qo‘shildilar. Universitet rektorining buyrug‘iga asosan 2002-yilda kafedra «Informatika va ta’limda axborot texnologiyalari», 2012-yil sentabridan «Informatika va uni o‘qitish metodikasi», 2015-yil iyundan «Informatika o‘qitish metodikasi» nomiga o‘zgartirildi.
Hozirgi kunda kafedra yetakchi kafedralardan hisoblanib, unda professor A.A.Abduqodirov, dotsentlar S.Tursunov, M.Mamarajabov, X.A.Xoldorovlar, pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori M.Fayziyeva (PhD), katta o‘qituvchilar M.Ashurov, B.Xoldorov, A.Primqulova, R.Mexmonov, I.Nazarov, N.Haytullayeva, N.Mirzaxmedova, S.Vibornov, SH.Adinayev, va o‘qituvchilar R.Mexmonov, SH.Sattorova, R.Razzoqov o‘rindosh o‘qituvchilar X.To‘xtamatov, K.Qudratov, F.Shazadayev, E.Akramov, Sh.Usmonqulov va S.Bobojonovlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

INFORMATIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI kafedrasining ustuvor yo`nalishlari:
1. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining konseptual asoslari va ta’lim jarayoniga joriy etishning modellari va metodlarini ishlab chiqish.
2. O`rta maxsus kasb-hunar ta’limida informatika yo`nalishidagi fanlarni o`qitishning metodik tizimi, texnologiyalari va mazmunini takomillashtirish.
3. Informatikani o`qitishda fanlararo aloqadorlik, uzviylik va uzluksizlik muammolarini o`rganish.
4. Informatika o`qituvchisining metodik tayyorgarligi samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik va amaliy asoslarini tadqiq qilish.

Nizomiy nomidagi TDPU Fizika-matematika fakulteti «Informatika o‘qitish metodikasi» kafedrasi to‘g‘risida

NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq oliy ta’lim muassasasi kafedrasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
Kafedra oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kafedrada bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
2. Kafedra tarkibiga pedagog xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajerlardan tashqari stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, shuningdek, injener-texnik va o‘quv-yordamchi xodimlar kiradi.
3. Oliy ta’lim muassasasi kafedralarining professor-o‘qituvchilari «Ta’lim muassasalariga pedagogik xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi.
4. Kafedra o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni ta’minlovchi o‘quv va ilmiy laboratoriyalarga, kabinetlarga, markazlarga va boshqa bo‘linmalarga ega bo‘lishi mumkin.
5. Mutaxassis chiqaruvchi kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona yoki tashkilotlar hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan foydalanishi mumkin.
Kafedra filiali faoliyati tegishli Nizom asosida tashkil etiladi.

II. Kafedrani tashkil etish va boshqarish

6. Kafedra, kamida yettita o‘qituvchi mavjud bo‘lib, ularning biri, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga va kamida ikkitasi fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lganda tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya, chet tillari (nolisoniy oliy ta’lim muassasalarida), grafika va chizmachilik, rasm va musiqa kafedralari esa, odatda, kamida ikki o‘qituvchi ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Bundan istisno holatlar bo‘yicha kafedralarni tashkil etish bo‘ysunishiga ko‘ra tegishli vazirlik yoki idora bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
7. Kafedra fakultet dekaniga yoki bevosita oliy ta’lim muassasasi rektori (o‘quv ishlari prorektori)ga bo‘ysunadi.
8. Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
9. Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan hamda belgilangan tartibda tanlovdan o‘tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi.

III. Kafedra mudirining vazifalari

10. Kafedra mudirining shaxsiy rejasi oliy ta’lim muassasasining rektori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
11. Kafedra mudiri:
- oliy ta’lim muassasasi miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi;
- kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
- kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
- kafedraga ishga olish, ishdan bo‘shatish va xodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
- oliy ta’lim muassasasining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etadi;
- belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi.

IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish

12. Kafedra faoliyati o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.
13. Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;
- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
- budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
- oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
- xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
- institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.
14. Kafedrada quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:
- o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni qamrab olgan ish rejalari;
- talabalarda vatanparvarlik, o‘z vatani bilan faxrlanish, boy milliy an’analarga, xalq merosiga va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish bo‘yicha «Ma’naviyat» markazlari, talabalar turar joylarida o‘tkaziladigan tadbirlar rejalari;
- kafedra fanlari bo‘yicha amaldagi me’yoriy, o‘quv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
- anketa ma’lumotlariga ega bo‘lgan kafedra tarkibining ro‘yhati (stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun tadqiqot mavzulari, rahbarlari va tadqiqotning bajarilish muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak);
- majlislar bayonnomalari.

Yuklab olish uchun fayllar

1. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining konseptual asoslari va ta’lim jarayoniga joriy etishning modellari va metodlarini ishlab chiqish.
2. O`rta maxsus kasb-hunar ta’limida informatika yo`nalishidagi fanlarni o`qitishning metodik tizimi, texnologiyalari va mazmunini takomillashtirish.
3. Informatikani o`qitishda fanlararo aloqadorlik, uzviylik va uzluksizlik muammolarini o`rganish.
4. Informatika o`qituvchisining metodik tayyorgarligi samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik va amaliy asoslarini tadqiq qilish.