“Sohibqiron Amir Temur: shon-shuhrati jahonga yoyilgan inson” mavzusidagi ilmiy seminar o‘tkazildi

Nizomiy nomidagi TDPUning 1-anjumanlar zalida Amir Temur tavalludining 680 yilligini munosib nishonlash maqsadida tashkil etilgan “Sohibqiron Amir Temur: shon-shuhrati jahonga yoyilgan inson” mavzusidagi ilmiy seminar o‘tkazildi

2016 yiilning 7 aprel kuni universitetning 1-anjumanlar zalida Amir Temur tavalludining 680 yilligini munosib nishonlash maqsadida tashkil etilgan “Sohibqiron Amir Temur: shon-shuhrati jahonga yoyilgan inson” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. Mazkur ilmiy seminarga Xalqaro Amir Temur jamoat fondi raisi o‘rinbosari T.Haitov, tarix fanlari doktori, professor Sh.Vohidov, Nizomiy nomidagi TDPU ma’navi-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Qo‘ysinovlar tashrif buyurishdi. Ilmiy seminarni Tarix fakulteti dekani V.Ishquvatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘zining so‘zida tadbir ishtirokchilarini Buyuk bobokalonimizning tavallud ayyomlari bilan qutlab, Amir Temur shaxsiga bajo keltirish har birimizning burchimiz ekanligini ta’kidladi. Tadbir davomida tashrif buyurishgan mehmonlar o‘zlarining Buyuk Amir Temurning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va uning madaniy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida fikr yuritishdilar. Amir Temurning buyukligi hamda bunyodkorligiga tadbirda yig‘ilganlar taklif etilgan olimlarning ma’ruzalari davomida yana bir karra amin bo‘lishdi.