“Kosmonavtlar kuni”

“Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sanobar Djumayeva 2016-yil 15 aprel kuni Malakaviy pedagogik amaliyotda Fizika-matematika fakultetining Fizika o‘qitish metodikasi 4-kurs 11 nafar talabalari bilan TIMI qoshidagi akademik litseyda metodist A.Tillaboyev bilan birgalikda 12-aprel “Kosmonavtlar kuni” ga bag‘ishlab “KOSMONAVTIKA” kechasini o‘tkazdilar.

Ushbu kechada litseyning 3-kurs o‘quvchilarining “Ekipaj” va “Sirius” jamoasi o‘rtasida qizg‘in bellashuv bo‘ldi.Bellashuv 91-98 ball bilan “Sirius” jamoasi g‘olib bo‘ldi.Qiziqarli bellashuvda o‘quvchilar o‘zlarining fizikaga bo‘lgan qiziqishlarini isbotladi.Mazkur tadbirni tashkil etishda bizga yaqindan yordam bergan litsey rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.Barcha bellashuv ishtirokchilari faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.Tadbir mazmunli o‘tdi.